Фавқулотда вазиятларда ҳаёт фаолияти хавфсизлиги

Ushbu kitob favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlaridan himoyalanish masalalariga bag'ishlangan. Unda favqulodda vaziyatlarning turlari, sabablari, aholini himoya qilish usullari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning tasnifi va ularning oldini olish yo'llari ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, fuqaro muhofazasiga oid o'quv mashqlarini tayyorlash va o'tkazish uslublari haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • "Fuqaro muhofazasi" favqulodda vaziyatlarda: Fuqaro muhofazasining vazifalari va ahamiyati, sohada qabul qilingan qonunlar, tashkil etish tamoyillari va tuzilmalari, Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining (FVDT) tuzilishi va faoliyati ko'rib chiqiladi.
  • "Favqulodda vaziyatlar" tasnifi: Favqulodda vaziyatlarning turlari va sabablari, tabiiy ofatlarning turlari va sabablari, geologik va gidrometeorologik xavfli hodisalar, gidrotexnika inshootlaridagi favqulodda vaziyatlar, transport va energetika tizimlaridagi avariyalar, kimyoviy va radioaktiv xavfli ob'ektlardagi avariyalar, epizootik va epifitotik favqulodda vaziyatlar va ulardan muhofazalanish masalalari yoritilgan.
  • Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish: Aholini himoya qilish usullari, ko'chirishni tashkil etish, fuqaro muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish, radiatsiyaga qarshi panajoylar va ularning jihozlanishi, aholi va hududlarni terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Aholini va hududlarni zamonaviy qirg'in qurollaridan muhofaza qilish: Zamonaviy qirg'in qurollar tasnifi, dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya turlari ko'rib chiqiladi.
  • Iqtisodiyot ob'ektlarida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarni tashkil etish: Qutqaruv ishlarining maqsadi va mazmuni, kuch va vositalar, zararlanish o'chog'ida kechiktirib bo'lmaydigan ishlar, sanitariya ishlovi, shkastlanishlarda shoshilin tez tibbiy yordam va zaharlanishlar masalalari yoritilgan.
  • Fuqaro muhofazasi bo'yicha aholini o'qitish: Ishchi-xizmatchilar va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini o'qitishdan maqsad, o'quv mashqlarining vazifalari, o'tkazish usullari, maxsus-taktik mashg'ulotlar, ma'naviy-ruhiy tayyorgarlik va "Fuqaro muhofazasi" mashg'ulotini o'tkazish uslubi ko'rib chiqiladi.