Евросиё тарихи
Ushbu kitobda XX asrning boshlaridan to 1960-yillargacha boʻlgan davrda Sovet davlatining shakllanishi, rivojlanishi va inqirozi jarayonlari tahlil qilingan. Unda sho'ro tuzumining oʻrnatilishi, fuqarolar urushi, yangi iqtisodiy siyosat (YIS), kollektivlashtirish, sanoatlashtirish kabi muhim bosqichlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, Ikinchi jahon urushi davri va urushdan keyingi tiklanish, totalitar rejimning kuchayishi, Stalinning shaxsga sig'inishi hamda Xrushchev davridagi "iliqlik" siyosati yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Sho'ro hokimiyatining o'rnatilishi va fuqarolar urushi: Rossiyada Oktabr to'ntarishi, fuqarolar urushi, harbiy intervensiya, ichki partiyaviy ziddiyatlar, sho'ro totalitar davlatining shakllanishi.
- Yangi iqtisodiy siyosat (YIS): Fuqarolar urushidan keyingi iqtisodiy qiyinchiliklar, YISning mohiyati, qishloq xo'jaligida soliq islohotlari, xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, YISning inqirozi.
- Sanoatlashtirish va kollektivlashtirish: Sanoatlashtirishning zaruriyati, rejalashtirish, resurslarni safarbar qilish, qishloq xo'jaligini majburiy kollektivlashtirish, oqibatlar, ocharchilik, qatag'onlar.
- Sho'ro davlati 1940-1960 yillarda: Ikkinchi jahon urushi, urushdan keyingi tiklanish, totalitar rejimning kuchayishi, Stalinning shaxsga sig'inishi, sovuq urush, "iliqlik" davri.