Манбашунослик
Ushbu kitob Oʻzbekiston tarixi va madaniyatini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda manbashunoslik fanining predmeti, vazifalari, Oʻrta Osiyo xalqlari tarixiga oid manbalar, shuningdek, mustamlakachilik davri, sovet davri va mustaqillik davri manbalari haqida maʼlumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari: Manbashunoslik fanining oʻrganish obyekti, maqsad va vazifalari, tarixiy manbalarning tasnifi, manbashunoslik va tarix fanining oʻzaro aloqadorligi.
- Oʻrta Osiyo xalqlarning eng qadimgi davri tarixiga oid manbalar: Qadimgi Eron manbalari ("Avesto"), antik manbalar, qadimgi Hind va Xitoy manbalari.
- Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining ilk oʻrta asrlar davri tarixiy yozma manbalari: Ilk oʻrta asrlar tarixiga oid Xitoy manbalari, turkiy epigrafik yodgorliklar, soʻgʻd tilidagi manbalar, arab manbalari.
- Sharq qoʻlyozmalari: Qoʻlyozma tushunchasi, Sharq qoʻlyozmalarining oʻziga xos jihatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti va uning faoliyati.
- Oʻrta Osiyo xalqlarining X-XV asrlar tarixiga oid yozma manbalar: Arab tilidagi, oʻzbek tilidagi, fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar, Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid Yevropa manbalari.
- Oʻrta Osiyoning XVI-XIX asrlar tarixiga oid yozma manbalar: Koʻrilayotgan davrda Oʻrta Osiyoda kechgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, XVI-XIX asrning birinchi yarmi tarixiga oid oʻzbek tilidagi manbalar, honliklar tarix arhiviga doir fors-tojik tilidagi manbalar.
- Mustamlakachilik davri tarixi manbalari: Qonun chiqarish aktlari, ish yuritish hujjatlari, siyosiy partiyalar va tashkilotlar hujjatlari, statistik manbalar va davriy matbuot materiallari, esdaliklar va boshqa memuar manbalar.
- O'zbekistonning XX asrdagi tarixiga oid manbalar: O‘zbekiston SSRning Oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari hujjatlari, davlat muassasalarining ish yuritish hujjatlari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining hujjatlari, statistik manbalar va davriy matbuot materiallari, esdaliklar, kundaliklar, maktublar.