Футбол бўйича болалар ўсмирлар спорт мактабларида иқтидорли футболчиларни танлаб олиш тизими

Ushbu kitob futbol bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablarida iqtidorli futbolchilarni tanlab olish tizimiga bag‘ishlangan. Unda futbolga tanlashning nazariy asoslari, yosh iste’dodli futbolchilarni tanlash uslubiyati, tadqiqotning vazifasi, uslubiyati va tashkil etilishi, sport maktablari o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga yosh futbolchilarni tanlash uslubiyatlarini asoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Kitobning asosiy maqsadi – sport mо‘ljalining tashkiliy va uslubiy jihatlarini hisobga olib, yosh sportchilar tayyorgarlik tizimini kelgusida takomillashtirish hamda futbol bo‘yicha BО‘SMda yosh istiqbolli futbolilarni tanovining samarali uslubiyatlarini ishlab chiqishdir.

Asosiy mavzular

  • Futbol tanlovining nazariy asoslari: Ushbu bobda futbol tanlovining mohiyati, yosh futbolchilarni tanlash tizimi, 9-12 yoshli bolalarda sport mо‘ljali hususiyatlari, tanlov uslubiyati va kо‘p yillik tayyorgarlik jarayonida tanlov bosqichlari kabi masalalar kо‘rib chiqiladi.
  • Yosh iste'dodli futbolchilar tanlov uslubiyati: Ushbu bob yosh is’tedodli futbolchilar tanlov mezonlari, jismoniy sifatlar, tehnikka va taktik fikrlashni rivojlanish darajasini baholash va yil davomida yosh futbolchilarni sport-tehnika attestatsiyasidan o'tkazish kabi savollarni o'z ichiga oladi.
  • Tadqiqotning vazifasi uslubiyati va tashkil etish: Tadqiqotning vazifasi, tadqiqot uslubiyatlari va tadqiqotni tashkil etish masalalari ko'rib chiqiladi.
  • Sport maktablari o‘quv-mashg‘ulot guruhlariga yosh futbolchilarni tanlov uslubiyatlarini asoslash: Ushbu bobda yosh futbolchilar tanlov me’yoriy talablari, yosh futbolchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasi va funksional holatini tadqiq etish masalalari ochib berilgan.