Qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug`chiligi

Ushbu kitob qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligi faniga bag'ishlangan. Unda seleksiya va urug'chilikning nazariy asoslari, vazifalari, usullari, tashkil etish prinsiplari, genetika va boshqa fanlar bilan aloqadorligi keng yoritilgan. Kitobda navlar, duragaylar, mutantlar va poliploidlar haqida tushunchalar berilgan, seleksiya jarayonining bosqichlari, nav almashtirish, nav yangilash va urug'chilikdagi nazorat masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Seleksiya va urug'chilik fanining asoslari: Seleksiyaning mohiyati, vazifalari, ahamiyati, asosiy bosqichlari, dehqonchilikni intensivlashtirishda seleksiyaning o'rni, intensiv tipdagi navlar. Seleksiyaning genetik asoslari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
  • Nav haqida tushuncha va dastlabki material: Nav tushunchasi, navlarning klassifikasiyasi, seleksiya jarayonida boshlang'ich material, uning turlari, madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari, o'simliklar introduksiyasi, jahon kolleksiyasi va uning tashkil etilishi.
  • Duragaylash. Tur ichida duragaylash: Duragaylash va duragay haqida tushuncha, duragay natijasida murakkab shakllanish jarayoni, duragaylash usuli bilan boshlang'ich material yaratish, chatishtirish xillari va changlatish usullari, ota-ona juftlarini tanlash, duragay bo'g'inlari bilan ishlash.
  • Uzoq shakllarni duragaylash: Uzoq shakllarni duragaylash tushunchasi, nazariy asoslari, ahamiyati, maqsad va vazifalari. Uzoq shakllarni duragaylashdagi muammolar va ularni hal etish yo'llari. Yutuqlar va istiqbollari.
  • Sun'iy mutagenez va undan seleksiyada foydalanish: Mutasion o'zgaruvchanlik va uning seleksiya uchun ahamiyati, mutasiyaning xillari, mutant shakllarni hosil qilish usullari, mutagenlar, mutant shakllaridan duragaylashda foydalanish, mutagenez natijasida erishilgan yutuqlar.
  • O'simliklar seleksiyasida poliploidiya va gaploidiyadan foydalanish: Poliploid o'simliklar va poliploidiya haqida tushuncha, poliploid o'simliklarni hosil bo'lishi va tabiatda tarqalishi, poliploidiya va seleksiya, gaploidya, seleksiyada ahamiyati.
  • Geterozis va undan seleksiyada foydalanish: Geterozis to'g'risida tushuncha va uning ahamiyati, ishlab chiqarishda foydalaniladigan duragaylarni xillari, o'zidan changlangan liniyalarni hosil qilish yo'llari, turli ekinlar duragay urug'larini yaratish usullari, sitoplazmatik erkak pushtsizligi asosida duragay urug'liklari yetishtirish.
  • Tanlash usullari: Tabiatda mavjud bo'lgan tanlashlar (tabiiy va sun'iy), seleksiyada qo'llaniladigan tanlash usullari, yangi navlar yaratish maqsadida qo'llaniladigan usullar, chetdan va o'zidan changlanuvchi o'simliklarda tanlash usullari.
  • Seleksion materialni baholash usullari: Seleksion material tushunchasi, seleksion materialga bevosita, bilvosita, provakasion usullarda baho berish, seleksiya jarayonida qo'llaniladigan haqiqiy, provakasion va agrotexnik fondlar, vegetasiya davrining davomiyligiga qarab baholash, qurg'oqchilikka chidamliligini baholash, kasalliklarga chidamlilikni baholash, zararkunandalarga chidamlilikni baholash, mexanizasiya vositasida yetishtirish va hosilni yig'ishtirishga yaroqligini baholash, mahsulot sifatiga qarab baholash.
  • Seleksion jarayonini tashkil qilish va uning texnikasi: Seleksion jarayonini tashkil qilish prinsiplari, seleksiya uchun joy tanlash, seleksiya jarayonini tartibi, tajriba aniqligi va tiniqligi, seleksion ekinlarning xillari, pitomnik va navsinashlar, seleksiyada dala ishlarining tartibi.
  • Davlat navsinashi va yangi navlarni rayonlashtirish: Davlat navsinashning asosiy vazifalari, qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi, navsinash stansiya va shaxobchalari, yaratilgan yangi navlarni qabul qilish tartibi, yangi navlarni rayonlashtirish.
  • Urug'chilik. Urug'chilikning nazariy asoslari: Urug'chilikning maqsadi, vazifalari, sistemasi va sxemasi, navdorlik va ekish sifatlariga o'sish sharoitining ta'siri, navning ifloslanishi, urug'ning buzilish sabablari va oldini olish choralari, urug'likni ixtisoslashtirish.
  • Nav almashtirish va nav yangilash: Nav almashtirish va nav yangilash seleksiya va urug'chilikning mazmuni va vazifalari, nav yangilash prinsiplari va muddatlari, ekinlarning elita urug'ini yetishtirish.