Gm-Gms-global ishlab chiqarish tizimi prinsplarini “O’zavtosanoat” korxonalarida joriy etish ustunligi

Ushbu diplom loyihasi Oʻzbekiston avtomobil sanoatida sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. Loyiha GM-GMS global ishlab chiqarish tizimi prinsiplarini Oʻzavtosanoat korxonalarida joriy etish ustunliklarini oʻrganadi. Loyihada GM-GMS tizimining asosiy elementlari, prinsiplari, joriy etish usullari va afzalliklari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, korxonada xavfsizlikni taminlash usullari va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llari ham ko’rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • GM-GMS tizimi va uning prinsiplari: GM-GMS tizimining yaratilish tarixi, prinsiplari va elementlari. Xodimlarni jalb etish, standartlashtirish, biriktirilgan sifat, qisqa vaqtda yetkazish, doimiy takomillashtirish prinsiplari batafsil yoritilgan.
  • GM-GMS global ishlab chiqarish tizimining O`zavtosanoat korhonalarida qo`llanilishi va afzalliklari: GM-GMS tizimini qo`llanilish tehnologiyasi. GM-GMS tizimini O`zavtosanoat korhonalarida qo`llanilishi (“Uz Dong Won Co” misolida), GM-GMS tizimini joriy etishning afzalliklari.
  • Hayot faoliyati xavfsizligi: Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha o'qitish hamda boshqa targ'ibot ishlarini olib borish masalalari ko'rilgan
  • Iqtisodiy qism: GM GMS tizimi “Uz- Dong Wong Ko” misolida korhonada qo'llanilishi iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo'llari ko'rsatilgan.