Dizel dvigatellarida yonilg'I purkash forsunkalari va ularning zamonaviy turlarini tahlil qilish
Ushbu kitob dizel dvigatellarida yonilgʻi purkash forsunkalarining zamonaviy turlarini tahlil qilishga bagʻishlangan boʻlib, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari batafsil yoritilgan. Kitobda avtomobil dvigatellarining ekologik jihatlari, yonilgʻi sarfini kamaytirish va zararli chiqindilarni neytrallash masalalari ham koʻrib chiqilgan. Shuningdek, kitobda avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish jarayonini iqtisodiy hisoblash usullari ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Dizel dvigatelining ta'minlash tizimi: Dizel dvigatelining ta'minlash tizimi karburatorli dvigatel ta'minlash tizimidan farqi, ish aralashmasini hosil qilish va uni alangalatish usulidadir. Dizellarda yonilg`ini purkash havo bilan ish aralashmasini silindr bo`shlig`ida harakatlantirish usuli yonilg'i yuborish qurilmalari hamda yonish bo`linmasining konstruktsiyasiga bog`liq bo`ladi.
- Dizelli dvigatellarda yonilg'i uzatilishini elektron boshqarish tizimi: Yengil va yuk avtomobillarining dizel dvigatellari ishini boshqarishning kompyuter tizimini qo`llash ko`proq tus olmoqda. Bu tizimlarda datchiklar va boshqarish shakllari ishlatiladi, EBB esa datchik yordamida reyka – akkumulyatordagi bosimni nazorat qiladi va forsunkalar orqali avtomobil hamda dvigatelning ishlash tertibiga mos ravishda yonilg`ini davriy yetkazib berishni va yonilg`ini purkash burchagini ilgarilatib berishni elektrik boshqarishni ta`minlaydi.
- Dizel dvigatellarida yonilg'i purkash forsunkalari va ularning zamonaviy turlarini tahlil qilish: Hozirgi vaqtda yengil va yuk avtomobillarining dizel dvigatellari ishini boshqarishning kompyuter tizimini qo`llah ko`proq, tus olmoqda. Bu tizimlarda datchiklar va boshqarish shakllari ishlatiladi, EBB esa datchik yordamida reyka-akkumulyatordagi bosimni nazorat qiladi va forsunkalar orqali avtomobil hamda dvigatelning ishlah tartibiga mos ravishda yonilg`ini davriy yetkazib berishni va yonilg`ini purkash burchagini ilgarilatib berishni elektron boshqarishni ta`minlaydi.
- Iqtisodiy qism: Dizel dvigatellarida yonilg`i purkash forsunkalariga texnik xizmat ko`rsatish jarayonini iqtisodiy hisobi, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatuvchi servislarni yillik ishlab chiqarish dasturini tuzish va barcha ko'rsatkichlarni hisoblash, Daromad tarkibi va yillik daromadni aniqlash.
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi qismi: Avtomobillardan chiqayotgan yonilg`ilarni atrof-muhit va ekologiyaga ta`siri. Har qanday yonilg`ini yoqqanda, har xil yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu chiqindilar kishi salomatligiga va atrof muhitga katta ta`sir ko`rsatadi.