Stantsiya va energetika tizitmlarini releli ximоyasi fanidan amaliy mashgulоtlarni bajariy buyicha

Ushbu kitob elektr energetika tizimlarining rele himoyasi, avtomatika va ularni tanlash masalalariga bag'ishlangan. Unda amaliy mashg'ulotlar uchun uslubiy ko'rsatmalar, nazariy ma'lumotlar va misollar keltirilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, energetika sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Alohida qurilmalari uchun avtomatika va releli himoya sxemalarini tanlash: Qisqa tutashuv turlari, sabablari va oqibatlari muhokama qilinadi. Elektr apparatlari va qurilmalarni qisqa tutashuv toklariga bardoshligini tanlash usullari ko'rsatilgan. Uch fazali tarmoqlardagi qisqa tutashuv tokini hisoblash cheklanishlari keltirilgan. Zarb tokini hisoblash, qisqa tutashuv zanjirining parametrlarini aniqlash va hisoblash sxemalarini tuzish masalalari yoritilgan. Bazaviy quvvat va kuchlanishni tanlash, qarshiliklarni ketma-ket va parallel ulash, uchburchakdan yulduzga va yulduzdan uchburchakka o'tish formulalari keltirilgan.
  • Differentsial himoya sxemalarini tanlash: Magistral havo liniyasidagi katta tok keskich himoyasining parametrlarini aniqlash, qisqa tutashuv toklarini hisoblash, nuqtalardagi M.T.X. parametrlarini topish, himoyani sezgirligini va ishlash toklarini aniqlash masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlarda maksimal tok himoyasini xisoblash: Keltirilgan sxemadagi K-1 nuqtadagi uch fazali qisqa tutashuv toklarini topish va shu toklar asosida sxemaga o'rnatilgan MTX hisoblash, qarshiliklarni aniqlash formulalari, baza toki va qisqa tutashgan tokni hisoblash, zarba toki (ku-zarba koeffitsenti 1000 kVA transformatordan keyin -1,5) keltirilgan.
  • Qismlarga ajratuvchi ximoyalarni xisoblash: Rasmda keltirilgan sxemani K1, K2 va K3 nuqtalar uchun qisqa tutashuv toklar va quvvatlarini aniqlash. Yechimni ikki shart uchun bajaring: yuqori quvvatli energosistema bilan bog'lanmaganda, elementlarni qarshiliklarini topish, generator qarshiligi va hokazolar keltirilgan.
  • Maksimal tok ximoyalarini xisoblash: Yuqorida keltirilgan kabel liniyaning maksimal tokli ximoyalari xisoblansin. 10 kV li kabel liniyalar ximogyasi MTX va TK dan iborat. KL uchun tok tarnsformatorlari tanlaymiz. Noselektiv TK va Sabr vaqtli TK larni xisoblash keltirilgan.
  • Transformatorlarda differentsial ximoyani xisoblash: Cheksiz quvvatli sistemadan ta'minlanayotgan iste'molchilar uchun K1, K2, K3, K4 nuqtalardagi qisqa tutashuv toklarini hisoblang. Bazis toklarini aniqlash formulasi keltirilgan.
  • Differentsial tok relesining xarakteristikalarini xisoblash: 380/220kV tarmoqdagi differentsial tok relesining xarakteristika larini xisoblash.Hisoblash uchun bazis kuchlanishni 10,5kV qabul qilamiz va qarshiliklarini nomli sonda olib beramiz.Transformatorni to'liq qarshiligi,anktiv qarshiligi,To'liq yig'indi qarshiligini topamiz va hokazo formulalar keltirilgan.
  • Mikroprotsessorli boshqarish tizimi sxemasini o'rganish va taxlil etish: Texnologik o'lchashlarni bajarishda o'lchanayotgan qiymat kattaligini va o'lchash xatoligini hisoblash va turli mantiqiy operatsiyalarni bajarish talab etiladi.