Ikk va uch o’lchovli integrallar va ularning fizik ma’nolari

Ushbu kitobda ikki va uch o'lchovli integrallar hamda ularni hisoblash usullari batafsil yoritilgan. Ikki va uch o'lchovli integrallarning xossalari, ularni qutb koordinatalarida hisoblash, hamda ularning fizik ma'nolari tushuntirilgan. Masalalar yechish orqali nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

Asosiy mavzular

  • Ikki o'lchovli integral: Ikki o'lchovli integral ta'rifi, xossalari va hisoblash usullari. Koordinata o'qlariga parallel to'g'ri chiziqlar bilan chegaralangan sohalarda integrallash. Qutb koordinatalariga o'tish.
  • Uch karrali integral: Uch karrali integral ta'rifi va xossalari. Jism massasini hisoblash kabi fizik masalalarda qo'llanilishi. Takroriy integrallar orqali hisoblash usullari. Chegarasi o'zgaradigan sohalarda integrallash.
  • Uch karrali integralni hisoblash: Dekart koordinatalar sistemasidan qutb koordinatalar sistemasiga o'tib integrallash. Silindrik sohalarda integrallash.