Supermarket axborot tizimini avtomatlashtirish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Aloqa, Axborotlashtirish va Telekommunikatsiya Texnologiyalari Davlat Qo'mitasi tomonidan nashr etilgan. Unda supermarket axborot tizimini avtomatlashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Sh. R. Biybolayevning kurs ishi bo'lib, supermarket faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan. Loyihada Java dasturlash tili, ma'lumotlar bazasi (MySQL) va UML sxemalaridan foydalanilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar, amaliy qism, dastur kodlari va foydalanish yo'riqnomalari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Java dasturlash tili haqida: Java tilining tarixi, asosiy tushunchalari, imkoniyatlari va afzalliklari, C++ dan farqlari, tarmoqda dasturlash, ko'p oqimli (Multi-thread) dasturlash, xavfsizlik masalalari.
- Ma'lumotlar bazasi tuzilmasi: Relyatsion ma'lumotlar bazasining mohiyati, jadvallar tuzish, ma'lumotlar kiritish va o'zgartirish, so'rovlar tuzish (Zaprosi), atributlar, relation, kortej tushunchalari.
- Java Swing haqida: Java/SWING nima – JAVA uchun GUI Framework. JAVA dasturlarini “look and feel" holatiga keltirish. Java Foundation Classes (Sun Microsystems) bir qismi. IFC (Netscape) va JFC (Sun Microsystems) qo'shilgani. Java Standard Edition 1.2 versiyasidan boshlab paket shaklida qo'shilgan.
- Dastur ma'lumotlar bazasi tuzilmasi Mysql da yaratilgan: MySQL ma'lumotlar bazasining soddaligi, ishlashga qulayligi va foydalanuvchilarining ko'pligi bilan ajralib turadi. Ma'lumotlar bazasi oʻta tez rivojlangan hamda MySQL va NoSQL oʻzini koʻrsatgan soha, Internet uchun dasturlar yaratishdir.
- Java dasturlarini ma'lumotlar bazasi bilan bog'lash: Java dasturlarini ma'lumotlar bazasi bilan bog'lash uchun bizga JDBC drayveri kerak bo'ladi. JDBC Driver(Java Database Connectivity Javada ma'lumotlar bazasi bilan bog'lanish) - platformaga bog'liq bo'lmagan, turli ma'lumotlar bazalari bilan bog'lanishga imkon beradigan, JavaSE da java.sql paketi tarkibiga kiritilgan standard drayver xisoblanadi.
- UML sxemasi: UML bu yangi Unifikatsiyalangan modellashtirish tili (Unified Modeling Language) bo'lib, Gradi Buch, Ayvar Yakobson va Djeyms Rambo (Grady Booch, Ivar Jacobson, James Rumbaugh) tomonidan ob'ektga-yo'naltirilgan loyihalash va taxlilni xujjatlashning yangi standarti sifatida taklif qilingan.
- Dasturdan foydalanish: Bu oynada swingni Jbutton, Jlabel, Jtextbox componentlaridan foydalanganman. Ushbu oynada Jmenu componentasi ishlatilgan.