Radioaloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berish algoritmini va dasturiy ta‟minotini ishlab chiqish
Ushbu kitob bitiruv ishi boʻlib, radioaloqa tizimlarida signallarga raqamli ishlov berishning samarali algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish masalalariga bag'ishlangan. Ishda nazariy va amaliy jihatlar ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Nazariy qism. Umumiy tushunchalar: Sonli usullar, dasturlash asoslari, radioaloqa tizimlarida tovush signallarining xususiyatlari, chiziqli va nochiziqli buzilishlar haqida ma'lumot beriladi.
- Asosiy qism. Signallarga raqamli ishlov berish jarayonini matematik modellashtirish: Tizimlarda signallarga raqamli ishlov berish qurilmalari, ularning o'tkazish funktsiyalari, signallarning chastota xarakteristikalari matematik modellar yordamida ifodalanadi. Raqamli saralagichlar, o'tkazish funktsiyalari, simmetriya xossalari tahlil qilinadi.
- Signallarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturlari: Algoritmlarning effektivlik ko'rsatkichlari shakllantiriladi. Hisoblashdagi murakkabliklarni kamaytirish usullari, dekompozitsiya, qurilmalarning tizimdagi funktsiyalari va dasturiy ta'minoti ishlab chiqiladi. Algoritmning murakkabligi, optimallik kriteriylari muhokama qilinadi. C++ tilida dasturiy kod namunalari keltirilgan.
- Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya: Komp'yuterda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalari ko'rib chiqiladi.