Inson huquqlari o’quv kursini o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma
Ushbu qo'llanma inson huquqlari kursini o'qitishda yordam berishga qaratilgan bo'lib, mazkur sohani o'rganish uchun metodik ko'rsatmalar va tavsiyalar, huquqiy terminlarning izohi, shuningdek O'zbekiston va xalqaro huquqiy hujjatlardan namunalar keltirilgan. Qo'llanma talabalarga va huquq sohasiga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Inson huquqlari: umumiy tushunchalar: Insonning qadr-qimmati, uning shaxsiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari. "Inson huquqlari" o'quv kursining metodlari: sistemali, tarixiylik, qiyosiy va ijtimoiy. Inson huquqlari fanining ijtimoiy fanlar tizimidagi o'rni. Inson huquqlarining rivojlanishi: cheklangan va rivojlanmagandan to hozirgi davrgacha.
- Siyosiy-huquqiy ta'limotlarda inson huquqlari masalasi: Inson - jamiyatning tarkibiy qismi, davlat fuqarosi. Insonning huquq sub'yekti haqidagi huquqiy kontseptsiya, uning huquqlari va majburiyatlari, erkinliklari to'g'risidagi fikrlar. Insonning davlat bilan munosabati, ular o'rtasidagi huquqiy bog'liqlik. Inson va fuqaro huquqlari.
- Inson va fuqaroning huquqiy maqomi: Inson va fuqaro huquqiy maqomi - jamiyatning ijtimoiy tuzilishi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan asosiy siyosiy-huquqiy tushunchalardan biri. Davlat va individning o'zaro aloqasi. "Inson huquqlari” va “fuqaro huquqlari". Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro Paktdagi huquqiy cheklashlar.
- Inson huquqlari tarkibi: Inson huquqlari tarkibi: «inson huquqlari» va «fuqaro huquqlari». Individning asosiy huquqlari - konstitutsion huquqlar sifatida. Univyersal xalqaro huquqiy hujjatlar: «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt», “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari to'g'risidagi Xalqaro Pakt» va boshqalar. Davlat va jamiyat boshqaruvida byevosita yoki bilvosita qatnashish huquqi.
- Inson huquqlari sohasida davlatlarning mintaqaviy hamkorligi: Inson huquqlarini himoya qilishda Yevropa Kyengashining o'rni va ahamiyati. Yevropa konvyentsiyasida byelgilangan implyemyentatsiya myexanizmi. «Inson huquqlari va asosiy erkinliklari himoyasi to'g'risidagi Yevropa Konvyentsiyasi»ga Protokol (1994 yil 11 may). Inson huquqlari bo'yicha Amyerikalararo konvyentsiya (1969 y).
- Inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini sud tomonidan himoya qilinishi: Odil sudlov - sudning asosiy faoliyati. Davlat fuqarolarning qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. O'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqining kafolatlanganligi.
- Ayol huquqlari: Ayol va erkaklarning tyeng huquqliligini ta'minlash. Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham byerish. Ayollar uchun eng yaxshi hayot tarzini ta'minlash. O'zbyekiston Ryespublikasida ayollar huquqlarini tadbiq etuvchi davlat hokimiyatining vakolatli organlari.
- Bola huquqi: Bola huquqi to'g'risidagi Konvyentsiya. Diskriminatsiyaga yo'l qo'yilmasligi. Ism va fuqarolikka ega bo'lish huquqi. Byepul ta'lim va tibbiy yordam olish huquqi.
- Inson huquqlari bo'yicha xalqaro institutlar: Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning shakllanish jarayoni. 1948 yil 10 dyekabrda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Dyeklaratsiyasi. Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari to'g'risidagi Xalqaro pakt. Fuqarolik va siyosiy huquqlari to'g'risidagi xalqaro pakt.
- Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar va ularning inson huquqlarini himoya etishdagi o'rni: O'zbyekiston Ryespublikasida konstitutsiyaviy nazorat tizimining rivojlanishi. Milliy institutlaring maqsad va vazifalari. Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman). Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti.