Ғўзапояларни илдиз тупроғи билан эгатга йўналтирувчи комбинациялашган агреграт шнеги параметрларини асослаш
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo'lib, Toshkent Davlat Agrar Universiteti magistratura bo'limi magistranti Islomov Jamshid Mavlonoovichning «G'o'zapoyalarni ildiz tuprog'i bilan egatga yo'naltiruvchi kombinatsiyalashgan agregat shnegi parametrlarini asoslash» mavzusidagi dissertatsiyasidir. Kitobda g'o'zapoyali dalalarni ekishga tayyorlashning texnologik va texnik jihatlari, kombinatsiyalashgan agregatlar va ularning ish organlari, tajriba tadqiqotlari natijalari hamda texnik-iqtisodiy samaradorlik masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Muammoning qo'yilishi va tadqiqot vazifalari: Dehqonchilik tizimida ekinlarni pushtada yetishtirish texnologiyasi, g'o'zapoyalarni ko'mishning tuproq agrofizik holati va unumdorligiga ta'siri, pushta olish texnologiyalari va kombinatsiyalashgan agregatlar masalalari tahlil qilingan.
- Pushta olish davrida g'o'zapoya va tuproqning fizik-mexanik xossalari: Pushta olish davrida g'o'zapoyalarning holati, ularning fizik-mexanik xossalari, mavjud pushta bo'ylab joylashishi, yangi pushta va egatlar hosil qilish davrida dalalardagi mavjud pushtalar profili, g'o'zapoyali dalalar tuprog'ining fizik-mexanik va texnologik xossalari, tuproqning ishqalanish koeffitsienti o'rganilgan.
- G'o'zapoyali dalalarda pushta olish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat sxemasi: G'o'zapoyali dalalarda pushta olish texnologiyasi sxemasi, пушта юза қатламидан кесиб олинадиган палахса миқдорини аниқлаш, комбинациялашган агрегат шнекли иш органига қўйилган агротехник талаблар, комбинациялашган агрегат шнекли иш органини параметрлари ва иш режимини асослаш masalalari keltirilgan.
- Eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish dasturi, sharoit va usullari: Ekperimental tadqiqotlar o'tkazish sharoiti va dasturi hamda olingan ma'lumotlarni qayta ishlash usullari bayon etilgan.
- Texnik-iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari: Amaldagi va taklif etilayotgan texnologiyalarning texnik-iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari solishtirilgan.