Yapon va o‘bek tillarida "gul" va u bilan bog‘liq ramzlar
Bitiruv malakaviy ishi yapon va oʻzbek tillarida "gul" soʻzining metaforik maʼnolarini qiyosiy tahlil qilishga bagʻishlangan. Unda "gul" soʻzining turli madaniy kontekstlardagi maʼnolari, yapon mumtoz va zamonaviy adabiyotida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Oʻzbek adabiyotida ham "gul" obrazining oʻrni koʻrsatib berilgan hamda ikki til oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqlar aniqlanadi. Tadqiqot metafora nazariyasiga asoslangan boʻlib, tilshunoslik va madaniyatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Asosiy mavzular
- Metafora tushunchasining tahlili: Metaforaning mohiyati, konsept va kontseptuallashuv tushunchalari, metaforaning konsept bilan bog'liqligi va konseptuallashgan metafora kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- "Kokinvakashu" va zamonaviy haikularda "gul"ning ma'noviy tahlili: Yaponiyaga gulning kirib kelishi tarixi, "Kokinvakashu" sheʼriy toʻplamida va zamonaviy haikularda "gul" soʻzining metaforik maʼnolari tahlil qilinadi. Gulning oʻtkinchilik, goʻzallik, bahor elchisi kabi maʼnolari koʻrib chiqiladi.
- Oʻzbek va yapon sheʼriyatida "gul" metaforasi qiyosi: Oʻzbek tilida "gul" metaforasining qoʻllanilishi, yapon va oʻzbek tillaridagi "gul" soʻzining maʼnolari qiyoslanadi. Ikkala tilda ham "gul" soʻzining maʼshuqa, goʻzallik, bahor kabi maʼnolarni ifodalashi, shuningdek, yapon tilida oʻziga xos boʻlgan "oʻtkinchilik" maʼnosi tahlil qilinadi.