Инсультдан кейинги деменция, ташхислаш алгоритми ва даволашни такомиллаштириш
Ushbu kitob insultdan keyingi kognitiv buzilishlar va demensiya, ularning tashxisi, davolash algoritmlari va takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonda insult muammosining dolzarbligi, kasallikning tarqalishi, ijtimoiy ahamiyati va davolash usullari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Insultdan keyingi davrdagi kognitiv buzilishlar va demensiya (adabiyotlar sharhi): Insultning tibbiy-ijtimoiy muammo ekanligi, serebrovaskulyar kasalliklar ichida insultning o'rni va ahamiyati, insultlarning etiopatogenezi, tasnifi, klinik kechishi, diagnostikasi va davolash metodlari, insultlar va ularda yuzaga keladigan kognitiv buzilishlar va demensiyaning rivojlanish patogenezi batafsil yoritilgan.
- Tadqiqot materiallari va tekshiruv usullari: Bemorlarning umumiy xarakteristikasi, tekshiruv usullari, klinik-nevrologik, paraklinik tekshiruv usullari yordamida tadqiq etish, kognitiv funksiyalar va demensiya holatini tekshirish usullari bayon etilgan.
- Natija va muhokama: Tadqiq etilgan bemorlarning klinik-nevrologik tavsifi, insult o'tkazgan bemorlarda kognitiv buzilishlar va demensiya dinamikasi tahlil qilingan.