Kamaz-5322 rusumli 205 ta yuk avtomobili uchun ATK ni loyihalash

Ushbu kitob avtotransport korxonalari faoliyatini tashkil etish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash jarayonlarini loyihalashga bag'ishlangan. Unda avtotransport vositalarining texnik holatini ta'minlash, ishlab chiqarish dasturlarini hisoblash, ustaxonalarni loyihalash, ish tartibini tanlash, texnologik jihozlarni tanlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda avtotransport korxonalarining tuzilishi, vazifalari, texnik baza holati va rivojlantirish yo'llari ham batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtotransport tarmog'i korxonalarining vazifasi va tasnifi: Avtotransport korxonalari (ATK) turlari, ularning funksiyalari, bajaradigan vazifalari (yuk va yo'lovchi tashish, texnik xizmat ko'rsatish, yonilg'i bilan ta'minlash) va turlari (kompleks, nokompleks). Mulkiy taqsimotiga ko'ra korxonalar (davlat, xususiy, xissadorlik jamiyatlari) va ularning ishlab chiqarish texnika bazalari.
  • Texnik xizmat ko'rsatish turlari va ta'mirlash ishlarini yillik ishlab-chiqarish dasturini hisoblash: Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish davriyligi, ta'mirlar oralig'ida bosib o'tiladigan yo'l me'yorini to'g'rilash, sikl uchun analitik metod, yillik analitik metod tenglamalar sistemasi. TT sonini aniqlash, sikldagi ta'mir kunlari, texnik tayyorgarlik koeffitsienti, avtomobillarni ishga chiqish koeffitsisnti, yillik texnik hizmat ko'rsatish sonini aniqlash.
  • Ustaxonadagi ishlab-chiqarish ishchilari sonini hisoblash: Texnologik zarur miqdori va shtatli miqdorni aniqlash, vaqt fondini taqsimlash.
  • Ustaxonani loyihalash: Chizma masshtabi, jihozlarni tashqi o'lchamlari, xizmat vazifasi.
  • Ustaxonadagi ish tartibini tanlash: Ish kunlari soni, ishlarni davom ettirish muddati, boshlanish va tugash vaqti.