The methodical manual for the second year students in the direction of “Television Technologies”

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari universitetining chet tillar kafedrasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, «Televizion texnologiyalar» yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangan metodik qoʻllanmadir. Qoʻllanma talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida uchraydigan ingliz tili termin va soʻzlarini oʻrganishda yordam beradi. Kitob 8 ta darsdan iborat boʻlib, har bir dars oʻz ichiga mutaxassislikka oid matn, grammatikaga va leksikaga doir mashqlarni oladi. Qoʻllanma talabalarning mustaqil ishlashi, bilim va koʻnikmalarini oshirishi, mavzular asosida fikrlarini ifoda etishi, soʻz boyligini kengaytirish va oʻqish texnikasini oshirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Televizorning evolyutsiyasi: Mexanik va elektron televideniyening paydo boʻlishi, rangli televideniyening rivojlanishi, asosiy terminlar va mashqlar.
  • Smart TV (1) o'qish: Smart TVning asosiy funksiyalari, oddiy televizordan farqi, afzalliklari va qoʻllaniladigan texnologiyalar, yangi soʻzlar, savol-javoblar.
  • Smart TV (2) tinglash: Smart TVning texnologik konvergensiyasi, ilovalarni oʻrnatish, yangi soʻzlar, gaplarni toʻldirish va savollarga javob berish.
  • Kompyuterlarning televideniyadagi roli: Raqamli televideniye texnologiyasining rivojlanishi, yuqori aniqlikdagi televideniye (HDTV) tizimlari, standartlar, savol-javoblar.
  • LCD, LED ekranlar: LCD va LED ekranlarining afzalliklari va kamchiliklari, texnik xususiyatlari, yangi so'zlar, savol-javoblar.
  • Televizor qismlari: Televizorning asosiy qismlari (displey, antenna, tuner, DVD player, video oʻyin konsollari), yangi soʻzlar, savol-javoblar.
  • Toshkent teleminorasi: Toshkent teleminorasining tarixi, arxitekturasi, ahamiyati, tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumotlar, savol-javoblar.
  • Britaniyada kinoning rivojlanishi: Britaniyada kinoning dastlabki rivojlanish davri, koʻrsatuvlar, kinoteatrlar, filmlar, savol-javoblar.