Plastik massalar va rezina mavzusini interfaol usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish
Bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Namangan muhandislik-pedagogika instituti Texnologiya fakulteti «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasida bajarilgan. Ishning mavzusi KXKlarda Metallar texnologiyasi fanidan «Plastik massalar va rezina» mavzusini interfaol usulda o'qitishda talabalar faoligini oshirishga bag'ishlangan. Ishda plastik massalar va rezinalar haqida ma'lumotlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari va usullari, ularning tuzilishi va xossalari, shuningdek, termoplastik va termoreaktiv plastik massalar xillari, xossalari va foydalanish joylari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, ishda plastik massalardan detallarni tayyorlash usullari va detallar konstruktsiyasiga qo'yiladigan talablar ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Plastik massalar va ularning tuzilishi: Plastik massalarning tabiiy va sun'iy xillari, polimerlar va ularning tuzilishi, tarkibi (to'ldirgichlar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, katalizatorlar, moylovchilar va bo'yovchi moddalar), makromolekulalarning turlari (chiziqli, chiziqli shoxobchali, fazoviy strukturali).
- Termo va termoreaktiv plastik massalar xillari, xossalari va foydalanish joylari: Termoplastik plastmassalarga polietilen, polivinilxlorid, ftoroplast, polistirol, poliamid va boshqalar kiradi. Termoreaktiv plastmassalarga tolali va organik yoki minerallar qo'shilgan qavat-qavatli va kukunli plastmassalar kiradi.
- Plastik massalarning texnologik xossalari: Oquvchanlik, kirishuvchanlik va qotish tezligi tushunchalari. Ularning bog'lovchilar, qo'shiladigan materiallar xiliga va miqdoriga, namligiga va temperaturaga bog'liqligi.
- Plastik massalardan tayyorlanadigan detallar konstruktsiyasiga kuyiladigan asosiy talablar: Detal konstruksiyasining soddaligi, devorlar qalinligining keskin farqlanmasligi, bir yuzadan ikkinchi yuzaga o'tish radiuslarining kichik bo'lishi, buyumni press-kolipdan oson ajralishi uchun zarur qiyshiqliqlarning bo'lishi, shuningdek detallarni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirishga karatilgan ishlar.
- Plastmassalardan detallar tayyorlash usullari: Press kolipga bosim bilan kuyish usuli, aylanuvchi chervyakli mashinada termoplastmassani matritsa kuzidan sikib chiqarib buyumlar tayyorlash, kizdirib presslash usullari.
- Rezina va undan buyumlar tayyorlash: Rezinaning xossasi va tarkibi. Xom rezina tayyorlash. Rezinadan list va lenta tayyorlash sxsmasi. Rezina tayyorlash texnologiyasi. Yuzaga kelishi mumkin bulgan kasalliklar va ularni oldini olish chora tadbirlari.