Avtotransport servisi asoslari

Ushbu kitob avtomobilsozlik sohasida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, talabalarga avtomobil dvigatellari, elektr jihozlari, tormoz tizimlari, shinalar va chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish texnologiyalari bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Avtomobil dvigatelini diagnostikalash texnologiyasi: Dvigatelning texnik holatini diagnostikalash usullari, KSHM va GTM nosozliklarini aniqlash, klapanlarni tekshirish va sozlash.
  • Avtomobil dvigatellarining yonilg'i ta'minoti tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi: Karbyuratorli va dizel dvigatellarining yonilg'i tizimlarini diagnostikalash, karbyurator va yonilg'i nasosini tekshirish, forsunkalarni sozlash.
  • Elektr jihozlarini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi: Avtomobil yoritgichlarini sozlash, uzgich-taqsimlagich kontaktini sozlash, o't oldirish momentini o'rnatish.
  • Tormoz tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi: Gidravlik va pnevmatik tormoz tizimlarini tekshirish, tormoz tepkisini sozlash, havo chiqarish, g'ildirak tormoz mexanizmini sozlash.
  • Avtomobillarni oldingi g'ildiraklarini o'rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash texnologiyasi: Shkvoren birikmasini tekshirish, g'ildiraklarning og'ish burchaklarini aniqlash va sozlash.
  • Moylash ishlari texnologiyasi va uni mexanizatsiyalashtirish: Moylash xaritasini tuzish, moylash jihozlarining tuzilishi va ishlashini o'rganish, moylash nuqtalarini tekshirish.
  • Avtomobil shinalariga TXK va JT texnologiyasi: Shinalarni diagnostikalash, muvozanatlash, ta'mirlash, bosimni nazorat qilish.
  • Dvigatellarda chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish texnologiyasi: CHiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini aniqlash, gazoanalizatorlar bilan ishlash, karbyuratorni sozlash.