YeUTTUE talabalari uchun 1- semestrga mo'ljallangan matematikadan masalalar to'plami
Ushbu kitob O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy matematika fanining o`quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, Oliy algebra, analitik geometriya bo`limlariga mos masalalarni o'z ichiga oladi. Kitobda masala va misollarni yechish uchun asosiy formulalar, misol va masalalarni yechishning namunalari keltirilgan. Kitobdan oliy texnika o`quv yurtlarining talabalari amaliy mashg`ulot darslarida foydalanishlari mumkin.
Asosiy mavzular
- Oliy algebra: Determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer usulida yechish, matritsalar va ular ustida amallar, teskari matritsa
- Tekislikda analitik geometriya: Qutb koordinatalar sistemasi, koordinatalar sistemasini almashtirish, ikki nuqta orasidagi masofa, kesmani berilgan nisbatda bo`lish, uchburchakning yuzi, to`g`ri chiziqning umumiy, vektor va kanonik tenglamasi, aylananing kanonik va umumiy tenglamasi, ellipsning kanonik tenglamasi
- Fazoda analitik geometriya: Fazoda Dekart koordinatalar sistemasi, vektorlar va ularning berilish usullari, vektorlarni qo'shish va ayirish, vektorlarni songa ko'paytirish, fazoda to'g'ri chiziq tenglamalari, tekislikning turli tenglamalari
- Kompleks sonlar va ular ustida amallar: Kompleks son va uning algebraik, trigonometrik, ko'rsatkichli shakllari hamda ular ustida amallar