Dehqon bozorlarida turli hayvon go‘shtini farqini aniqlash veterinariya sanitariya ekspertizasi

Ushbu kitob qishloq xo'jaligi, veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga bag'ishlangan bo'lib, unda dehqon bozorlarida sotiladigan go'sht va go'sht mahsulotlarining sifatini aniqlash usullari, hayvon turlarining go'shtini farqlash, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, yog'larning ekspertizasi, kasal hayvonlardan olingan go'shtni tekshirish, shuningdek, ilmiy tekshirish natijalari va amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Adabiyotlar sharhi: Go'sht va go'sht mahsulotlari haqidagi adabiyotlar tahlili, turli olimlarning go'shtni farqlash usullari haqidagi fikrlari.
  • Tadqiqot metodikasi: Tekshirish usullari, organoleptik, kimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar, namuna olish qoidalari, vodorod ionlari konsentratsiyasini (pH) aniqlash, peroksidaza reaksiyasi, glikogenga reaksiya, presipitatsiya reaksiyasi.
  • Hayvonlar go'shti haqida umumiy ma'lumotlar: Go'shtning ta'rifi, tarkibi (muskul, yog', suyak to'qimalari), sifati, hayvon turlariga xos xususiyatlari.
  • Yog'larning ekspertizasi: Hayvonlardan olinadigan yog'larning turlari, ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlari, organoleptik baholash usullari.
  • Kasal hayvonlar go'shtini tekshirish: Qonsizlanganlik darajasini aniqlash usullari, qontalash joylar, laboratoriya tekshiruvlari.
  • Dehqon bozorlarida go'shtni farqlash tajribalari: Qoramol, qo'y va echki go'shtlarini organoleptik, glikogenga reaksiyasi va Presipetatsiya reaksiyasini natijalari.
  • Suyaklarning anatomomorfologik tuzilishi: Qo'y, it, quyon va mushuk go'shti va ichki organlarini ajratadigan belgilari.