Хорижий инвестициялар

Ushbu kitob xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda xorijiy investitsiyalarning mohiyati, shakllari, turlari, ularni jalb qilishning ilmiy-uslubiy asoslari, rag'batlantirish usullari va O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, investitsion loyihalarni baholash, kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb etish kabi masalalar ham o'rin olgan.

Asosiy mavzular

  • Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati: Investitsiya, investitsiya munosabatlari, xorijiy investitsiyalarning sabablari, O'zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning roli, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.
  • Xorijiy investitsiyalarning shakl va turlari: Xorijiy investitsiyalarning turlari, investitsiya faoliyatiga tegishli huquqiy munosabatlarning obyekti va subyekti, bevosita va portfelli xorijiy investitsiyalar.
  • Globallashuv hamda iqtisodiy integratsiyalashuvning kuchayib borishida investitsiya jarayonlari: Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o'rni, Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, O'zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, investitsiyalar eksporti va importi.
  • Xorijiy investorlar huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari: O'zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning huquqlari, O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari, investitsiya shartnomalari.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob'ektiv zarurligi, O'zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi, O'zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo'nalishlari, O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi.
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishning zamonaviy shakl va usullari: O'zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun imtiyozlar, qo'shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish.
  • Xorijiy investorlar uchun O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo'nalishlari: Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, O'zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo'nalishlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga hududiy jihatdan yondashuv.
  • O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari: Mamlakatimizning eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari, O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni kreditlash, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati.
  • Xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash va tavakkalchilik: O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozorining rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni sug'urtalash, xalqaro kafolatlarni qo'llash masalalari, investitsiyalarning tavakkalchilik darajasi.
  • Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash: Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samarasi aniqlash, investitsion loyixahalrni iqtisodiy samaadorligini baholash usullari, investitsion loyixahalrni baholash muammolari.
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb etish: Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiya muhitining ro`li, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar, kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish.