Tuproqshunoslik va agrоkimyo
Ushbu kitob tuproqshunoslik va agrokimyo fanlarining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari hamda amaliy ahamiyatini ochib beradi. Unda tuproqning tarkibi, xossalari, genezisi, klassifikatsiyasi, geografiyasi, unumdorligi, eroziyasi, melioratsiyasi, o'g'itlash tizimi va boshqa masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Fanga kirish. Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi: Tuproq haqida tushuncha, uning ta'rifi va ahamiyati, tuproqning bioqatlamdagi asosiy vazifalari, tuproqshunoslik fani va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi, tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida rivojlana boshlashi.
- Tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakllanishi: Tuproq mineralogik tarkibining vujudga kelishi, tuproq paydo qiluvchi yoki ona jinslar, tuproq tarkibidagi birlamchi va ikkilamchi minerallar, ularning tarkibi, manbalari va ahamiyati, tog' jinslari va minerallarning nurashi, nurash turlari (fizik, kimyoviy va biologik nurashlar), tuproq paydo bo'lish jarayonining umumiy sxemasi.
- Tuproqning mexanik tarkibi, umumiy fizik xossalari. Tuproqning kimyoviy va organik qismlarining ahamiyati: Tuproqning mexanik tarkibi, umumiy fizikaviy xossalari (zichligi, qattiq fazasining zichligi, kovakligi, plastikligi, yopishqoqligi, bo'kishi va cho'kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarshiligi va fizikaviy yetilishi), tuproqning kimyoviy va organik qismlarining ahamiyati.
- Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati: Tuproq unumdorligini elementlari, kategoriyalari va uni yaxshilashning asosiy tadbirlari, tuproq kolloidlarining tarkibi, tuzilishi va xossalari, singdirish qobiliyatining turlari, tuproq ishqoriyligi.
- Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi: Tuproq strukturasining turlari, hosil bo'lishi, strukturaning agronomik ahamiyati, buzilish sabablari, saqlab qolish va tiklash usullari, tuproqning suv xossalari va rejimi, tuproqning havo xossasi va havo rejimi.
- Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi tuproq geografiyasi. Tuproq unumdorligi: Tuproq genezisi va evolyutsiyasi, tuproq paydo qiluvchi omillar (relyef, yosh, o'simlik va hayvonot olami, iqlim), tuproqlar klassifikatsiyasi (tasnifi), tuproq unumdorligini elementlari, kategoriyalari va uni yaxshilashning asosiy tadbirlari.
- MDH tuproqlarini kelib chiqishi. Tayga-o'rmon zonasining tuproqlar. O'rmon-dasht tuproqlari Dasht zonasining qora tuproqlari: MDH tuproqlarini kelib chiqishi, Tayga-o'rmon zonasining tuproqlar (podzol, gleyli-podzol), O'rmon-dasht tuproqlari (sur tuproq), Dasht zonasining qora tuproqlari.
- O'zbekiston territoriyasidagi tuproqlarning geografik rayonlashtirish tartiblari va tarqalish qonun -qonuniyatlari. Cho'l zonasi tuproqlari. Gidromorf tuproqlar.: O'zbekiston territoriyasidagi tuproqlarning geografik rayonlashtirish tartiblari va tarqalish qonun -qonuniyatlari, Cho'l zonasi tuproqlari (sur-qo'ng'ir tusli, qumli), Gidromorf tuproqlar (o'tloqi, botqoq-o'tloqi, taqir).
- Tuproq eroziyasi va unga qarshi choralari. Tuproq muhofazasi: Tuproq eroziyasi, eroziya turlari (suv, shamol, irrigatsion), tezlashgan va geologik eroziya, tuproq eroziyasiga qarshi kurash choralari (tashkiliy, agrotexnika, o'rmon melioratsiya, gidrotexnika).
- Mineral o'g'itlar haqida tushuncha. Azotli o'g'itlar.: Mineral o'g'itlar va ularning xususiyatlari, Azotning o'simliklar oziqlanishidagi roli, tuproq tarkibidagi azot va uning birikmalari, dehqonchilikda azotning aylanishi, azotli o'g'itlar turlari va xossalari.
- Fosforli o'g'itlar.: Fosforning o'simliklar oziqlanishidagi roli, O'simliklar uchun fosfor birikmalari, Tuproq tarkibidagi fosfor birikmalari, Fosforli o'g'itlarning o'simliklar o'sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta`siri.
- Kaliyli va murakkab o'g'itlar.: Kaliyning o'simliklar hayotidagi roli, Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalari va uning shakllari, Oddiy, aralash va murakkab mineral o'g'itlar, Kombinatsiyalangan va suyuq murakkab o'g'itlar.
- Mikroo'g'itlar. Organik o'g'itlar.: Mikroelementlar va tuproq tarkibidagi mikroelementlar, Mikroo'g'itlar, ularning turlari, me`yorlari va foydalanish usullari, Organik o'g'itlar, ularning turlari va ahamiyati, go'ngning tuproq xususiyatlariga va o'simliklarga ta`siri, kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy qo'shib boyitish.
- Texnik va donli ekinlarni o'g'itlash: G'o'za uchun qo'llanadigan mineral o'g'itlar va ularning ahamiyati, G'o'za uchun azot, fosfor, kaliy me`yorini aniqlash, Kuzgi bug'doyni o'g'itlash, Makkajo'xorini o'g'itlash, Sholini o'g'itlash.
- Sabzavot ekinlari va mevali daraxtlarni o'g'itlash tizimi: Sabzavotlar hayotida oziqa elementlarning ahamiyati, sabzavot ekinlarini o'g'itlash muddatlari va tokzorlarni o'gitlash muddatlari va normalari. Bog'larni o'g'itlash, yosh va hosilga kirgan bog'larni o'g'itlash.
- Agrokimyoning ekologik muammolari: Sug'oriladigan sharoitlarda o'g'it qo'llash muammolari, tuproq eroziyasi va o'g'itlarning isrof bo'lishi, o'g'itlarning xossa va sifatlarini yaxshilash - ekologik muammolarni yechishda muhim tadbir. O'g'itlarning atmosferaga ta`siri, o'g'itlarning tuproq xossalariga salbiy ta`siri, o'g'itlarning mahsulot sifatiga ta`siri.