Fuqarolik jamiyati
Ushbu kitob fuqarolik jamiyatining nazariy va amaliy jihatlarini, uning shakllanishi, rivojlanishi va fuqarolarning jamiyatdagi rolini yoritishga bag'ishlangan. Unda O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurishning o'ziga xos xususiyatlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unligi, shuningdek, davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar masalalari ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Fuqarolik jamiyatining mohiyati, ob'ekti, maqsadi va vazifalari: Bu mavzu fuqarolik jamiyati fanining predmeti, ob'ekti, maqsadi va vazifalarini ochib beradi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatining qonuniyatlari, tushunchalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligi, fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi kabi masalalarni yoritadi.
- Fuqarolik jamiyati: g'oya va nazariyalar: Mazkur mavzu fuqarolik jamiyati haqidagi g'oyalar evolyutsiyasi, yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari va fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy konsepsiyalarni o'z ichiga oladi.
- Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi: Bu mavzu jamiyat ijtimoiy tuzilmasiga doir dastlabki talqinlar, fuqarolik jamiyati - inson taraqqiyoti uchun zaruriyat sifatida, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy strukturalari va ularning o'ziga xos jihatlari hamda rivojlangan mamlakatlarda jamiyat ijtimoiy strukturalarining rivojlanishidagi yangi tamoyillarni ko'rib chiqadi.
- Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyili: Mazkur mavzu qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati, qonun ustuvorligini ta'minlovchi asosiy shartlar, jinoiy jazolarni liberallashtirish qonun ustuvorligining muhim sharti hamda qonun ustuvorligi tamoyilining O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi ahamiyatini o'z ichiga oladi.
- Demokratik institutlarni rivojlantirish – fuqarolik jamiyati talabi: Ushbu mavzu demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi ekanligi, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga ishtiroki, jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti, O'zbekistonda siyosiy partiyalar tadriji rivoji va huquqiy asoslarini yoritadi.
- O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning konseptual nazariyasi va uning mazmun-mohiyati: Mazkur mavzu taraqqiyotning o‘zbek modeli yaratilishining siyosiy-ijtimoiy asoslari va konseptual zaminlari hamda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” - mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning yetakchi asosini o'z ichiga oladi.
- Axborot sohasini rivojlantirish, axborot va so'z erkinligini ta'minlash: Ushbu mavzu insoniyat tarixida axborot ehtiyoji, fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligi hamda fuqarolik jamiyati boshqaruv mexanizmlari takomillashuvida zamonaviy axborot texnologiyalarining rolini o'z ichiga oladi.
- Yuкcак mъaнавият ва дахлдорлик ҳиccи – Фуқаролик жамияти аъзоларининг муҳим фазилати: Мазкур мавзу фуқаровийлик, мазмун-моҳияти ва асосий хусусиятлари, фуқаровий онг ва унинг намоён бўлиш омиллари, фуқаровий фаоллик ва унинг фуқаролик жамиятидаги ўрни kabi masalalarni o'z ichiga oladi
- Жаҳон тажрибасида фуқаролик жамияти институтлари фаолияти: Мазкур mavzu ривожланган Ғарб давлатларида фуқаролик жамияти институтларининг шаклланиши, Ғарб мамлакатларида давлат ва фуқаролик жамияти институтлари ўртасида ҳамкорлик сиёсати , ривожланган Шарқ мамлакатлари ижтимоий-иқтисодий ҳаётини модернизациялашда фуқаролик жамияти инстутларининг ўрни kabi masalalarni o'z ichiga oladi
- Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари: Мазкур мавзу фуқаролик жамияти тизимида маҳалла ва ўзини ўзи бошқариш органларининг ўрни, маҳаллий ҳокимият ва фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг ўзаро муносабатлари, шунингдек фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятини ташкил этиshni o'z ichiga oladi.