ТПрименение фреймовых моделей в задачах медицины
Kitobda metrologiyaning rivojlanish bosqichlari, uning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga ta'siri, antik davr metrologiyasi, metrik tizimning joriy etilishi, metrologiya xizmatlarining integratsiyalashuvi, O'zbekiston mustaqillik davridagi rivojlanishi va "Metrologiya to'g'risida"gi Respublika qonuni haqida ma'lumot berilgan.
Asosiy mavzular
- Antik rivojlanish davri: O'lchashlarga bo'lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. O'lchash atamasining tom ma'nosi bo'yicha tahlil etilsa, qadimgi davrda insoniyat asosan organoleptik o'lchashlar, ya'ni o'zining his etish a'zolari orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo'yicha taxminiy ma'lumotlar olgan.
- Stixiyali rivojlanish davri: Metrologiya xizmati va metrologik ta'minot masalalarining dastlabki kurtaklari turli davlatlarda turlicha tarzda vujudga kela boshlagan. Tarixiy yozishmalarda davlatlar orasida urushlarning kelib chiqishlarida ba'zan o'lchashlardagi kelishmovchilik ham sabab bo'lganligi kabima'lumotlar ham keltirilgan.
- Metrik tizimning joriy etilishi: Vaqt o'tishi bilan savdo-sotiq va o'zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida o'lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o'zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o'nlab yangi va mukammalroq o'lchash birliklari hosil bo'la boshlagan.
- Metrologiya xizmatlarining integratsiyalashuvi davri: XX asrdagi ilm-fan va texnikaning rivojlanishi metrologiyaga o'z ta'sirini o'tkazgan. O'lchash birliklarining turli tumanligiga barham berish, umumiy qabul qilingan o'lchash birliklarini joriy etish, mahsulotning sifatini nazorat etishda umumiy qoidalarni amalga oshirish hisoblangan.
- O'zbekistonning mustaqillik davridagi rivojlanish: O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng metrologiya sohasi yorqinroq namoyon bo'la boshladi. Chunki sobiq ittifoq davrida O'zbekistonga asosan hom-ashyo yaratishga asoslangan davlat sifatida qaralar edi.
- "Metrologiya to'g'risida"gi Respublika qonuni: 1993-yil 28-dekabrda O'zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to'g'risida", "Metrologiya to'g'risida" va "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish" qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlar metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarilishiga asos bo'ldi.