Yo’nalishda yangi materiallar va texnоlоgiyalar
Ushbu kitobda to'qimachilik sanoatida ishlatiladigan mashinalar va jihozlarning texnologik jarayonlari, tuzilishi, ishlatish usullari va zamonaviy yangiliklari haqida ma'lumot berilgan. Kitob, asosan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, texnikum va institut talabalari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Hitoy texnologiyalari qo'llanilgan paxta tozalash korxonalari: Ushbu mavzuda Xitoyda paxta tozalash sanoatining hozirgi holati, Xitoy texnologiyalari bilan jihozlangan korxonalardagi texnologik jarayonlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Hitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda gidropress uskunalari ishlab chiqarish, yangi jin va linter texnologiyalari, soha korhonalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish kabi masalalar ko'riladi. Muhokama qilingan: Zamonaviy Jin-paxta va linter agregatlar, Presslash tsexida 8-KB uskunalari bilan ish tajribalari.
- Chet el paxta tozalash sanoatining hozirgi holati va korhonalari: Ushbu mavzu AQSh paxta sanoatining dastlabki ishlash tizimining samaradorligini o'rganadi, chet el paxtani qabul qilish, joylashish, saqlash, tashish, va ishlab chiqarishga modulli texnologiyalarni uzatish haqida ma'lumot beradi. Bular AQSh ning har xil shtatlarida paxta ishlab chiqarish usullari, mashinalar va texnologik jarayonlari, ularning uzluksizligi, universal toylarni ishlab chiqarish, avtomatiklashgan tizimlar haqidadir. Kontinental/Moss-Gordin firmasining paxta zavodi misol sifatida keltirilgan.
- Yangi yaratilgan quritish-tozalash agregatlari: Ushbu mavzuda chigitli paxtani quritish qurilmalarida quyosh energiyasidan foydalanish, dastlabki paxtani qayta ishlash texnologik jarayonida chang namlagich qurilmasining ishlash printsipi va yangi texnologiyalarda tozalash jarayonlari muhokama qilinadi. Xususan, quyosh energiyasidan foydalanadigan chigitli paxtani quritish qurilmasi, uni tashkil etuvchi qismlar va ularning ishlash tartibi ko'rib chiqiladi. Changni namlab tutib qolish qurilmasi, quritish uskunasining texnik tavsifnomasi taqdim etilgan.
- Yangi yaratilgan jinlash mashinalari: Ushbu mavzuda paxta tolasini chigitdan ajratish mashinalarini takomillashtirish orqali tola chiqishini oshirish, sifatini yahshilash, chigitning o'z vaqtida chiqib ketishini ta'minlash, samaradorlik va unumdorlikni oshirish dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Shularni inobatga olgan holda, jin mashinasini ish organlarini takomillashtirishga e'tibor qaratilgan. Xususan, sterjenli baraban o'rnatilgan va kolosnikli jin mashinalari ko'riladi. Yangi konstruksiyalar va ularning ishlash principlari tushuntirilgan.
- Chet el firmalarining tozalash va aralashtirish mashinalari: Ushbu mavzuda Chet el firmalarining pahta tozalash sanoati, jumladan, Klinomat sistemasi, Tozalovchilarni yuklash, Ko'p kamerali aralashtirgich MSM va MRM, Yot, og'ir zarralarni, elektron metall ajratish, Tushama tekisligini uzunlik va tekislik bo'yicha rostlash, Klinomat sistemasi kabi masalalari bayon etiladi.
- Zamonaviy Kard Tarash Mashinalari: Ushbu qismda yangi modeldagi kard tarash mashinalarning hususiyatlari va afzalliklari, Dulli taʼminlash sistemasida Direktofid va Sensofid sistemasi, Vebfid qabul qiluvchi vallarning yangi sistemasi kabi texnologiyalar muhokama etiladi. Yuqori unumli kard tarash mashinalarining ishlash prinsiplari koʻrsatiladi
- Yangi Pilta Mashinalari: Ushbu qism zamonaviy pilta mashinalari, yuritma va choʻzish asboblari; Choʻzish asbobining sinalgan geometriyasi; Pnevmatik yuklamali va mashina toʻhtaganda avtomatik yuklanishsizlanuvchi yuqorigi valiklar; Qisqa kesmalar boʻyicha rostlash tizimi SERVO DRAFT; Yangi datchiklar va oʻzgaruvchan tok servoyuritmalari kabi mavzularni oʻz ichiga oladi. Mashinalarning texnik xususiyatlari tavsiflab berilgan.
- Yangi Pilik Mashinalari: Ushbu bo'limda BF224 pilik mashinasining hususiyat va afzalliklari, «Toyoda» firmasining FL seriyasidagi piliklash mashinalari. Yuritma mehanizmi. Bosh yuritma mehanizmi; Choʻzish mehanizmi yuritmasi uchun yogʻ vannasi. Vazifalar paneli (Optsion); FL choʻzish asbobi hususiyatlari, Oʻrash tezligi oʻzgarishini kompensatsiyalovchi mehanizm va Optik datchiklar yordamida oʻrash tarangligini kompensatsiyalovchi avtomatik qurilma kabilar bilan tanishamiz.
- Yangi Texnologiyalar Uchun Tayyorlanayotgan Zamonaviy Materiallar Va Ularni Olish Usullari: Ushbu qismda Metalmas materiallar, kompozit materiallari, Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar, Metallopolimer konstruksiyalarda adgeziyali bog`lanishning tabiati, Polimerlarning metallarga bo`lgan adgeziyani boshqarish usullari, Polimer qoplamalarining antifrik xossalariga modifikatsiyalashni taʼsiri kabi savollar yoritilgan.