Mаtеriаlshunоslik

Ushbu kitob materialshunoslik va texnologiya asoslarini, metall va qotishmalarning xususiyatlarini, ularni qayta ishlash usullarini, shuningdek, polimer va kompozitsion materiallarni o'rganishga bag'ishlangan. U mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa sohalar uchun materiallarni to'g'ri tanlash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha bilim beradi.

Asosiy mavzular

  • Materialshunoslik asoslari: Materialshunoslik fanining vazifalari, rivojlanishida olimlarning roli, materiallarning ichki tuzilishi va xossalari orasidagi bog'liqlik.
  • Metallarning tuzilishi va tarkibi: Metallarning atom kristall tuzilishi, kristall panjaralari turlari, real kristallarning tuzilishi, kristallardagi nuqson turlari.
  • Materiallarning xossalari: Materiallarning fizikaviy, kimyoviy va mexanik xossalari, materiallarni texnologik xossalari.
  • Metallarning kristallanishi: Metallarning kristallanish jarayoni, birlamchi kristallanish, metallarning allotropik shakl o'zgarishlari.
  • Metall asosidagi qotishmalar: Qotishmalarning ichki tuzilishi, turlari, muvozanat holatidagi fazalar, fazalar qoidasi.
  • Metallarda deformatsiya: Deformatsiya va kuchlanish, elastik deformatsiya mexanizmi, plastik deformatsiya.
  • Metallardagi deformatsiyaning uning xossalariga ta'siri: Pachoqlanishning sodir bo'lishi, qaytish va real kristallanish, sovuq va qizigan xoldagi deformatsiya, mustahkamlikni boshqarishda dislokatsiyaning sodir bo'lishi usullari.
  • Temir va uning qotishmalari: Temirning xossalari, temir-uglerod qotishmalari, uglerod va doimiy qotishmalarnig qotishma xossalariga ta'siri, legirlashning qotishma xossalariga ta'siri.
  • Ikki komponentli qotishmalarning holat diagrammasi: Temir-uglerod holat diagrammasi, temir-uglerod qotishmalarining asosiy strukturalari, muvozanat holatdagi fazalar tarkibi.
  • Po'latlarga termik ishlov berish nazariyasi: Metall qotishmalariga termik ishlov berish, perlit, martensit va beynitning hosil bo'lishi, martensitning qayta kizdirganda ruy beradigan o'zgarishlar, termik ishlov berishning po'lat xossalariga ta'siri.
  • Po'latlarning termik ishlash texnologiyasi: Po'latni yumshatish, po'latni normallash, po'latlarni toblash va po'latlar yuzasini toblash, po'latlarga termomexanik va mexanotermik ishlov berish.
  • Toblash va bo'shatishni po'latni mexanik xossalariga ta'siri: Toblash va bo'shatishni po'latning mexanik xossalariga ta'siri, legirlovchi elementlarni temirning polimer o'zgarishlariga ta'siri, temir qotishmalarida legirlovchi elementlar xosil qilishi mumkin bo'lgan fazalar.
  • Po'latlarni kimyoviy termik ishlash: Kimyoviy termik ishlashning fizikaviy asoslari, po'lat yuzasini sementasiyalash, po'lat yuzasini azotga boyitish, po'lat yuzasini azot va uglerodga boyitish, po'lat yuzasini diffuzion boyitish, termik ishlov berish jixozlari.
  • CHo'yanlar: CHo'yanlarning xossalari va sinflarga bo'linishi, ok va qo'l rang cho'yan, yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan cho'yanlar, bolgalanuvchi cho'yanlar, maxsus legirlangan cho'yanlar.
  • Konstruksion po'lat va qotishmalar: Konstruksion po'latlar va ularga qo'yiladigan talablar, oddiy va legirlangan konstruksion po'latlar va ularning markalanishi, ishqalanishga chidamli konstruksion po'latlar, korroziyabardosh (zangbardosh) po'latlar, kuyindibardosh po'latlar.
  • Asbobsozlik po'latlari va qattiq qotishmalar: Asbobsozlik po'latlarining tasnifi va markalanishi, ishlatilish sohalari va ularga kuyiladigan talablar.
  • Maxsus fizik xususiyatli qotishmalar: Elektr o'tkazuvchanlikligi turlicha bo'lgan materiallar, magnit materiallari va paramagnitlar, avvalgi shakliga qaytish xususiyatiga ega bo'lgan materiallar, yuqori elektr qarshilikka ega bo'lgan materiallar.
  • Alyuminiy va uning qotishmalari: Alyuminiy xossalari, qotishmalari turlari, alyuminiy qotishmalari ishlatilish sohalari.
  • Mis va uning qotishmalari: Misning xususiyatlari va xalk xujaligidagi o'rni, misning qotishmalari turlari.
  • Magniy va titan qotishmalari: Magniy va uning qotishmalari, titan va uning qotishmalari, magniy va titan qotishmalarini ishlatilish sohalari
  • Metall bo'lmagan konstruksion materiallar: Nometall materiallar haqida umumiy tushunchalar, polimer materiallar tasnifi, plastmassalarning xossalari va qo'llanilishi
  • Rezinalar va texnik keramika: Rezina tarkibi, tuzilishi va xossalari, shisha materiallari turlari va ishlatilish sohalari, texnik keramika tarkibi, xossalari va qo'llanilish sohalari
  • Kompozision materiallar: Kompozision materiallarni yaratilishi, polimer asosidagi kompozision materiallar, metall asosidagi kompozision materiallar, kompozision materiallarni mashina detallari va asboblar uchun qo'llanilishi
  • Material tanlash asoslari: Detallarni ishlash sharoitiga va yuklanish turiga ko'ra uni puhtalash texnalogiyasini tanlash, detallarni isdan chiqish sabablari