Materialshunоslik
Ushbu kitob materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, Andijon mashinasozlik instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Unda metallar, qotishmalar, po'lat va cho'yanlarning mikrostrukturasi, termik ishlov berish usullari, shuningdek, metallmas konstruksion materiallar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitob laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo'llanma sifatida foydalaniladi.
Asosiy mavzular
- Metall va qotishmalarning makroskopik tekshiruvi: Metall va qotishmalarning singan yuzasini qurollanmagan ko'z bilan yoki lupa yordamida tekshirish, tarkibidagi zararlik aralashmalarni aniqlash usullari.
- Ikki komponentli sistemadagi qotishmalarning holat diagrammalarini tahlil qilish: Metall va qotishmalarning sovish egri chizig'ini termik usulda topish, qo'rg'oshin-surma qotishmasining holat diagrammasini tuzish.
- Temir-uglerod sistemasidagi qotishmalar holat diagrammasini tahlili: Qotishmalarning holat diagrammasini tuzish usullari, hosil bo'lgan strukturalarni o'rganish, temir-uglerod holat diagrammasi.
- Po'latning mikrostrukturasini o'rganish: Mikroskopik tahlil qilish usuli bilan po'latlarni o'rganish, evtektoidgacha bo'lgan, evtektoid va evtektoiddan keyingi po'latlarning mikrostrukturasi.
- Cho'yanlarning mikrostrukturasini o'rganish: Metallarni (choyanlarni) mikroskopik analiz qilish usuli bilan amalda tanishish, choyanlarning mikrostrukturasini va choyan materialining turlari.
- Uglerodli po'latlarni termik ishlash: Po'latlarga termik ishlov berish, toblash jarayonini va bunda struktura xamda xossalarining o'zgarishini o'rganish.
- Legirlangan po'latlarni mikrostruktura tahlili: Legirlangan po'latlarni mikrostruktura tahlili, legirlovcni elementlarning po'lat hossalariga ta'sirini o'rganish.
- Rangli metallar va qotishmalarining mikrotuzilishini o'rganish: Rangli metallar va qotishmalarining tuzilishlarini ularning qolat diagrammalariga bog'lab o'rganish.
- Metallmas konstruksion materiallar: Polimer, shisha, rezina va yog'och materiallari tuzilishini o'rganishdir.
- Material tanlash va detallarning ishlash sharoitiga qarab uning puxtaligini oshirish texnologiyasini aniqlash: Mashina va jihozlarini detallarini tayyorlash uchun material tanlash va detallarning ishlash sharoitiga qarab uning puxtaligini oshirish texnologiyasini aniqlashni o'rganish.