Psixodiagnostika
Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan "Psixogigiyena" fanining maruza matnidir. Unda psixogigiyenaning predmeti, vazifalari, shakllanish tarixi, shaxsda yuzaga keladigan sog'lomlik mexanizmlari, shaxsda yuzaga keladigan psixik holatlar, stress muammosi, nerv sistemasi kasalliklari, organizm va muhit orasidagi dinamika, mehnat va sog'liq, irodaning sog'liq uchun ahamiyati, uyquning psixologik ahamiyati, maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Psixogigiyena predmeti: Psixogigiyenaning vazifalari, yo'nalishlari, psixogigiyenada insonning psixik sog'lig'iga ta'sir etuvchi muhit omillari, kasalliklarning oldini olish, psixik sog'liqni mustahkamlash usullari.
- Stress muammosi: Nerv sistemasi kasalliklari, organizm va muhit orasidagi dinamikaning buzilishi, stressning turlari, organizmning stressga reaksiyasi, stressni boshqarish usullari.
- Mehnat psixogigiyenasi: Mehnat va sog'liq, jamoaning sog'liq uchun ahamiyati, ish joyining psixologik jihatlari, sport va jismoniy tarbiya, irodaning ahamiyati, vaqt omilining organizmga ta'siri.
- Uyquning psixologik ahamiyati: Uyqu nerv sistemasini qutqaruvchi sifatida, aqliy funktsiyalarni mashq qildirish, psixik jarayonlarni mashq qildirishda e'tiborga olish zarur bo'lgan jihatlar, maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi.
- Yosh davrlari psixogigiyenasi: O'smirlik davrida jinsiy etilishni hisobga olish, kun tartibi, ishlovchi ayollarning muammolari, muhabbat, nikohga tayyorgarlik, qarish va psixogigiyena.