Nikel asosidagi qotishmalarning magnit xossalarini o`rganish
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti magistri Olloberdiyev Nurbek tomonidan "Nikel asosidagi qotishmalarning magnit xossalari" mavzusida yozilgan dissertatsiyadir. Dissertatsiya kondensirlangan muhit fizikasi va materialshunoslik mutaxassisligi bo'yicha magistr darajasini olish uchun yozilgan. Kitobda nikel asosidagi qotishmalarning magnit xossalari, tadqiqot usullari, tajriba natijalari va ularning tahlili batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Adabiyotlar sharhi: Temir guruhi metallarining elektron tuzilishi, paramagnetizmning Van-Flek nazariyasi, temir va lantanoidlar guruhi metallarida almashinish o'zaro ta'sirining mohiyati, Nikel va uning qotishmalarining toza va birikma holatdagi xossalari bo`yicha so`nggi yillardagi tajriba natijalari.
- O'lchash qurilmasi va uning tavsifi: Magnit qabul qiluvchanlikni o'lchash usuli, yuqori temperaturalarda magnit qabul qiluvchanlikni o'lchaydigan qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipi, magnit qabul qiluvchanlikni o'lchashdagi xatoliklar.
- Tajriba natijalari va ularni tahlili: Ni-Mn-Co-Ga sistemasi birikmalarining qattiq va suyuq holatlardagi magnit qabul qiluvchanligining temperaturaga bog'liqligi, asosiy magnit xarakteristikalari: Kyuri-Veyss doimiysi, paramagnit Kyuri temperaturasi va magnit momentini hisoblash natijasi.