Real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash

Ushbu o'quv qo'llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektor iqtisodiyotini rivojlantirish va prognozlashning dolzarb masalalari keng yoritilgan. Unda soha rivojini jahon iqtisodiyoti rivoji tendensiyalari hamda mamlakatning ustuvor yo'nalishini tartibga solish bilan bog'liqligi, istiqbolli dasturlarni tuzishdagi ahamiyati tahlil etilgan.

Asosiy mavzular

  • Real sektor iqtisodiyotining mohiyati: Real sektor iqtisodiyotining tushunchasi, globallashuv jarayonlarida ahamiyati, real sektorga investitsiyalar va ularning samaradorligi, mamlakatning raqobatdoshligini belgilash.
  • Real sektor iqtisodiyotini prognozlashning ahamiyati, maqsadi va vazifalari: Prognozlashning mohiyati, iqtisodiy munosabatlar jarayonini oldindan bilish imkoniyatlari, real sektor iqtisodiyoti va uni prognozlash jarayonining mohiyati, milliy iqtisodiyot tarmoqlari rivoji istiqbolini belgilash.
  • Makroiqtisodiy jarayonlarni rejalashtirish va prognozlash: Prognozlash va rejalashtirish usullari, ularning o'zaro aloqasi, direktiv, indikativ, strategik va taktik rejalashtirish usullari, ijtimoiy-iqtisodiy makroprognozlash jarayonining asosiy koʻrsatgichlari
  • Real sektor iqtisodiyotini oʻrganish metodologiyasi: Metodologik nuqtayi nazardan qaraganda, real sektorning yaxlitligi tamoyili, real sektor va ijtimoiy masalalarning oʻzaro bogʻliqligi, dinamik rivojlanishda olib o`rganishdir, dastlabki kuzatish usuli qoʻllaniladi
  • Real sektor iqtisodiyotining makroiqtisodiy oʻlchamlari: Milliy iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy oʻlchamlari makroiqtisodiy ko`rsatkichlarda o'z ifodasini topadi. Yalpı ichki mahsulot, chakana savdo aylanmasi, aholi bandligi, ish haqini real miqdori.
  • Iqtisodiyot tarmoqlarini tashkil etish: Iqtisodiyot tarmoqlarining sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlar
  • prognozlashning ekspert usullari: Ekspert obyekti perspektiv taraqqiyotiga qaraganda mutaxassislarning individual fikrlashini namoyon qiladi hamda mutaxassis tajribasi mobilizatsiya va intuitsiyaga asoslangan. Ekspert baholash usuli obyekti tarkibini hisoblash