Ekologiya (tadqiqot usullari va jihozlari)
Ushbu qo'llanma tabiatda ekologik tadqiqot usullarini olib borish va kuzatish, asboblarni oʻrganish, o'quvchining o'z qo'li bilan bajarishi mumkin bo'lgan mavzularni Davlat ta'lim standartlari asosida yoritadi. Insonning tabiat bilan bog'liqligi, tabiatni asrash usullari ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- Tabiatni muhofaza qilishning nazariy asoslari: Tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlar, inson ta'sirining asosiy shakllari, bioxilma-xillikning shakllanishi va unga tahdidlar, suvning ifloslanishi va uning ko'rsatkichlari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish.
- Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta'siri oqibatlarini o'rganish: Tabiatni muhofaza qilishning vazifalari, atmosfera, tuproq, chuchuk suvlar, o'simliklar va hayvonlarni himoya qilish, biologik muvozanatni saqlash, tabiatni kelajak avlodlarga toza holda qoldirish.
- Atmosfera va uning tarkibiy qismlari: Atmosfera haqida ma'lumotlar, uning tuzilishi va chegaralari, atmosfera qatlamlari, atmosferadagi gazlar va ularning ahamiyati, atmosferaning ifloslanishi va unga qarshi kurash.
- Atmosferadagi namliklar: Atmosferadagi namliklar manbayi, suv bug'larining ahamiyati, bulutlar va ularning tasnifi.
- Quyosh radiatsiyasi va uni o'lchash: Quyosh radiatsiyasi - yorug'lik manbayi, fotosintetik aktivlik radiatsiyasi, radiatsiya turlari.
- Atrof-muhitni muhofaza qilishda sifat tahlillari o'tkaziladigan ish joylari tartibi: Atrof-muhitni himoya qilishda sifat tahlillari olib borish tartibi va texnika xavfsizligi, kimyoviy laboratoriyada ishlash qoidalari.
- Suvning sifati va bioindikator suv o'tlarini aniqlash: Ichimlik suvining sifati va inson sog'lig'iga ta'siri, suv o'tlarini o'rganish, suv sifatini aniqlashning fizik-kimyoviy usullari
- Ob-havo va uni oldindan aytish (Prognoz qilish): Ob-havo, atmosfera frontlari, siklonlar, antisiklonlar, ob-havoni oldindan aytib berish.
- Iqlim va uning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati: Iqlim ko'rsatkichlari, agroiqlim vositalari, fitoiqlim, tuproqning ifloslanishini kuzatish.
- Bioindikatsion usullar: Antropogen omillar yoki bioindikatsiya, fizik-kimyoviy usullar, tabiiy muhit va obyektni monitoring dasturi boʻyicha ekologik baholash
- Tabiatni asrashda bioindikator organizmlarning ahamiyati: Kress-salat oʻsimligi - tuproq indikatori, fauna bioindikatsiyasi
- Biotani monitoringlash usullari: Tirik organizmlar biotasi va uning ahamiyati, Oʻsimliklarning hayotchanligi, Turlarning moʻlligini aniqlash, yaylov yoki o'tloqning monitoringi, yaylov va oʻtloq faunasi monitoringi, qushlar soni va zichligini hisobga olish usullari.
- Aholi yashaydigan joylardagi yashil daraxtlar monitoringi: Daraxtlar monitoringining ahamiyati, oʻsimliklarda fenologik kuzatishlarni olib borish
- Joyning ekologik pasportini ishlab chiqish: Hududning ekologik kartografiyasi, tashkilotning ekologik pasporti
- Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash: Eroziyaning mohiyati va uning zarari haqida ma'lumotlar, eroziya va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi, suv eroziyasiga qarshi kurash