Favqulodda holatlar meditsinasi

Kitobda favqulodda vaziyatlar va ularning turlari, tibbiy yordam ko'rsatish usullari, jarayonlar, tibbiyot xodimlari va ko'ngilli fuqarolar faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlar (FV) haqida tushuncha: Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari, manbalari, turlari, ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi (FVDT) nizomi, tinchlik davrida yuz berishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar va asosiy tushunchalar haqida ma'lumot beradi.
  • Shikastlanganlarga tez tibbiy yordam ko'rsatish: FV ro'y bergan joylarda shikastlanganlarni qidirish, topish, tibbiy saralash va birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish tartiblari, texnogen tusdagi FVlarda fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish kabi mavzularni yoritadi.
  • KUCHLI TA'SIR ETUVCHI ZAHARLI MODDALAR, Yong'inlardan zararlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish: Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar, turmushda va xalq xo'jaligida ko'p qo'llaniladigan zaharlanishga olib keluvchi kimyoviy moddalar va ulardan zaharlanganda ko'rsatiladigan tibbiy yordam haqida ma'lumot beradi.
  • BAXTSIZ HODISALAR VA TRANSPORT AVARIYALARIDA ZARARLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY HAMDA SHIFOKORGACHA BOʻLGAN YORDAM KO'RSATISH: Baxtsiz hodisalar tasnifi, kelib chiqish sabablari, transport avariyalari va ularda jabrlanganlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam choralari, shuningdek, evakuatsiya qilish vaqti hamda uning bosqichlarida tibbiy yordamni to'g'ri tashkil etish yo'llari bayon etilgan.
  • RADIATSIYADAN ZARARLANISH, UNING TA'RIFI. BIRINCHI TIBBIY VA SHIFOKORGACHA BO'LGAN YORDAM KO'RSATISH: Radiatsiya va radioaktiv moddalar, ulardan zararlanish manbalari, bosqichli davolash, sanitar tozalash, radiatsiyadan himoya qilish chora-tadbirlari, hamda birinchi va shifokorgacha bo'lgan yordam ko'rsatish tartibi bayon etilgan.
  • Ayrim tibbiy atamalar izohi: Kitob so'ngida tibbiy atamalar izohi keltirilgan. Atamalarga qisqacha ta'rif berilgan.
  • Xalqaro terrorizm tushunchasi, uning turlari. Terroristik akt sodir etilganda aholi harakati: Xalqaro terrorizm tushunchasi, turli maqsadlarni koʻzlagan ekstremistik guruhlar tomonidan uyushtirilayotgan FVlarga terroristik aktlar deb nom berilgani, so'nggi o'n yil ichida bunday hodisalar dunyoning barcha davlatlarida kuzatilayotgani xalqaro terrorizm tushunchasining shakllanishiga sabab bo'lgani haqida batafsil ma'lumotlar beradi.