Optika fanidan laboratoriya ishlari
Ushbu kitob optika fanidan laboratoriya ishlari to'plamidir. U oliy o'quv yurtlari talabalari, litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, optika fanining asosiy eksperimental usullari va qonunlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda laboratoriya mashqlarining nazariy asoslari, bajarish tartibi va nazorat savollari keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Shishaning sindirish ko'rsatgichini nina sanchish usuli bilan aniqlash: Yassi parallel shisha plastinkadan yorug'lik nurining sinib o'tishini kuzatib, sinish qonunini tekshirish va sinib o'tgan nurining tushgan nurga nisbatan qanchaga siljiganini aniqlash.
- Mikroskopning tuzilishini o'rganish va uning yordamida shisha plastinkaning sindirish ko'rsatkichini aniqlash: Mikroskopning tuzilishini o'rganish, shisha plastinkaning sindirish ko'rsatkichini mikroskop yordamida aniqlash, yorug'likning sinish qonunini o'rganish.
- Yig'uvchi linzaning fokus masofasini aniqlash: Yig'uvchi linzaning fokus masofalarini turli usullar yordamida aniqlash.
- Sochuvchi linzaning fokus masofasini aniqlash: Sochuvchi linzaning fokus masofalarini turli usullar yordamida aniqlash.
- Fotoelement yordamida fotoeffektning asosiy qonuni va fotometriya qonunlarini tekshirish. Yoritilganlik qonunini oʻrganish: Fotometrik kattaliklarni hamda fotometriya qonunlarini oʻrganish.
- Spektroskopni darajalash, darajalangan egri chiziq boʻyicha yorug'lik to'lqin uzunligini aniqlash: Dispersiya hodisasi bilan tajribada tanishish. Spektroskopni darajalashni o'rganish. Turli gazlar spektral chiziqlarining to'lqin uzunliklarini aniqlash. Spektroskop yordamida nurlanish spektrlarini kuzatish.
- Linzaning egrilik radiusini Nyuton halqalari yordamida aniqlash: Ishning birinchi qismida yupqa qatlamlarda kuzatiladigan interferentsion manzarani kuzatish, ma'lum to'lqin uzunligida yassi qavariq linzaning egrilik radiusini aniqlash.
- Yorug'lik to'lqini uzunligini difraksion panjara yordamida aniqlash: Shishadan tayyorlangan difraksion panjara yordamida yorug'lik to'lqini uzunligini aniqlash.
- Qutblangan yorug'likni olish va Malyus qonunini oʻrganish: Tabiiy yorug'lik to'lqinidan yassi qutblangan nurlanish olish, uning qutblanish darajasini aniqlash hamda Malyus qonunini tekshirish.
- Eritmalarda yorug'likning yutilish koeffitsiyentini aniqlash va Buger-Ber qonunini o'rganish: Eritmalarda yorug'likning yutilish koeffitsiyentini aniqlash va Buger-Ber qonunini o'rganish.
- Lazer nurlari yordamida shisha prizmada yorug'likning to'la qaytish hodisasini o'rganish va uning sindirish ko'rsatkichini aniqlash. Geometrik optika qonunlarini tekshirish: Lazer nurlanishi yordamida shisha prizmada nurlanishning to'la qaytishi o'rganish va shisha prizmani sindirish ko'rsatkichini aniqlash.
- Yarim oʻtkazgichli lazerning ishlash tamoyilini o'rganish: Yarimoʻtkazgichli lazerning ishlash tamoyilini o'rganish va uning asosiy tavsiflarini aniqlash.