Sabzavоtchilik va pоlizchilik

Ushbu kitob O'zbekistonda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishning biologik asoslari, agrotexnik usullari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari, urug'chilik asoslari va istiqbolli rivojlanish yo'llari haqida ma'lumot beradi. Kitobda sabzavot ekinlarining o'ziga xos xususiyatlari, ularning tashqi muhitga talabi va yetishtirish texnologiyalari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Sabzavotchilikning biologik asoslari: Sabzavot ekinlari va ularning guruhlanishi, hayot davomiyligi, oziq-ovqatlik qiymati, kelib chiqish markazlari, o'sish va rivojlanish, suvga, haroratga, yorug'likka, havo-gaz muhitiga munosabati, shuningdek, ularni boshqarish usullari.
  • Sabzavot ekinlar ko'chatini yetishtirish texnologiyasi: Ko'chat uslubi, ko'chat yetishtirishning umumiy usullari, asosiy sabzavot ekinlar ko'chatini yetishtirish texnologiyasining xususiyatlari.
  • Dala sabzavotchiligining agrotexnik asoslari: Sabzavotlarni joylashtirish, yer tanlash, tuproqni tayyorlash, almashlab ekish, urug'larni ekish, sug'orish, o'g'itlash va parvarishlash.
  • Kartoshka ekini: Kartoshkaning halq xoʻjaligidagi ahamiyati va tarqalishi, botanik xarakteristikasi va biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologyasi va navlari.
  • Tomatdosh sabzavot ekinlari: Pomidor, qalampir va baqlajonlarning halq xoʻjaligidagi ahamiyati va tarqalishi, botanik xarakteristikasi va biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyasi va navlari.
  • Poliz ekinlari: Qovun, tarvuz va qovoqning polizchilikdagi oʻrni, ularning biologik xususiyatlari, lalmikor va sug'oriladigan yerlarda yetishtirish texnologiyasi hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash.
  • Koʻkat, dukkakli va kam tarqalgan sabzavot ekinlar: Koʻkat sabzavotlari (ukrop, kashnich, salat, ismaloq, shovul), dukkakli sabzavotlar (noʻxat, loviya) va kam tarqalgan sabzavotlar (batat, bamiya, pasternak) haqida ma'lumotlar, yetishtirish texnologiyalari.