O`zbekiston Respublikasining til siyosati

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida davlat tilining rivojlanish tarixi, bugungi holati va kelajagi masalalarini sotsiolingvistik nuqtai nazardan o'rganadi. Unda til siyosatining asosiy tamoyillari, milliy qadriyatlarning tildagi ifodasi, globallashuv sharoitida tilning o'rni kabi masalalar keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbek tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlar: Ushbu bobda o'zbek tilshunosligida sotsiolingvistik tadqiqotlarning o'rni va ahamiyati, shuningdek, sotsiolingvistika fanining dolzarb muammolari ko'rib chiqiladi.
  • O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi va til siyosati: Ushbu bobda O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin til siyosatida qanday o'zgarishlar ro'y bergani, davlat tilining huquqiy asoslari va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati tahlil etiladi.
  • O'zbekiston Respublikasining til siyosati va o'zbek tili taraqqiyoti: Ushbu bobda o'zbek tilining rivojlanishidagi yangi davr, ijtimoiy muammolar, o'zbek tilshunosligining mustaqillik yillaridagi rivoji masalalari yoritiladi.
  • O`zbekiston respublikasining til siyosatida boshqa millat vakillari va ularning tillariga e'tibor masalasi: Ushbu bobda O`zbekiston respublikasida boshqa millat vakillari va ularning tillariga bo`lgan e`tibor haqidagi ma`lumotlar beriladi.