Bacillus subtilis бактерияси асосида Триптофан аминкислотасини олиш технологияси

Ushbu kitob Bacillus subtilis bakteriyasi asosida triptofan ishlab chiqarish texnologiyasi, uning fizik-kimyoviy asoslari, asosiy uskunalar, xom ashyolar, atrof-muhit muhofazasi va avtomatlashtirish masalalariga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Triptofan ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy nazariy asoslari: Triptofan sintezi usullari, xorizm kislotasining ahamiyati, triptofan sintezini boshqarish mexanizmlari.
  • Asosiy ishlab chiqarish texnologiyasi va uning izoxi: Oziqa muhitini tayyorlash, fermentatsiya jarayoni, triptofanni konsentratdan ajratib olish, quritish.
  • Asosiy uskunaning ishlash prinsipi va uning texnik tavsiflari: Mexanik aralashtirgichli barbataj fermenterining tuzilishi va ishlash prinsipi, texnik xarakteristikalari.
  • O'xshash uskunalar tavsifi: Erliftli, mexanik dispergirlovchi va oqimli fermenterlar haqida ma'lumot.
  • Xom ashyolar tavsifi: Makkajo'xori ekstrakti va soya unining kimyoviy tarkibi va xususiyatlari.
  • Yordamchi materiallar, chiqindilar va ulardan foydalanish: Ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar, chiqindilarning turlari va ulardan foydalanish usullari.
  • Uskunaning issiqlik xisobi: Fermenterning issiqlik balansini hisoblash usullari.
  • Ishlab chiqarishning texnologik va fizik-kimyoviy nazorat: Triptofan preparatining sifati va uni nazorat qilish usullari.
  • Asosiy uskunani avtomatlashtirish: Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, avtomatik rostlash va boshqarish masalalari.
  • Mexnat muhofazasi: Korxonalarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari.
  • Fuqaro muxofazasi: Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish choralari.
  • Atrof-muhit muhofazasi: Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta'siri va uni kamaytirish choralari, oqova suvlarni tozalash usullari.
  • Maxsulotlar hisobi: Triptofan aminokislotasini ishlab chiqarish uchun oziqa muxiti tarkibiga kiradigan maxsulotlar.