Миллий ғоя ва мафкура
Ushbu kitob milliy g'oya va mafkura fanining nazariy va amaliy asoslarini yoritadi. Unda milliy g'oya fanining predmeti, vazifalari, tamoyillari, kategoriyalari, tarixi, shakllanish bosqichlari, manbalari, o'ziga xos xususiyatlari, uning guruniy va ijroiy tarkibiy qismlari tahlil qilinadi. G'oyaviy tahdidlar va ularga qarshi kurash usullari ham batafsil ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- Milliy g'oya va mafkura fanining nazariy-metodologik asoslari: Fanning paydo bo'lish sabablari, obyekti va predmeti, qonun va kategoriyalari, metodlari va prinsiplari, maqsadi, vazifalari va funktsiyalari, gumanitar fanlar tizimida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari
- Milliy g'oya va mafkura fanining tarixi: Fanning tarixiy ildizlari, shakllanish va rivojlanish bosqichlari
- Milliy g'oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o'zaro bog'liqligi: G'oya tushunchasi, uning turlari va ijtimoiy xarakteri, mafkura tushunchasi, uning shakllari, maqsad va vazifalari, milliy istiqlol mafkurasi tushunchasi, uning xususiyatlari, maqsadi va vazifalari
- G'oyaviy tahdidlarning yo'nalishlari: Tashqi va ichki tahdidlar, ularning mohiyati, xususiyatlari, milliy g'oyaga qarshi qaratilgan buzg'unchi g'oyalar va ularga qarshi kurash
- Мафкуравий тажовуз ва ахборот хавфсизлиги: Мафкуравий кураш ва унинг асосий йўналишлари, ахборот коммуникацияларида мафкуравий хуружларнинг намоён бўлиши, миллий-маънавий, ғоявий-мафкуравий хавфсизликни таъминлаш
- Жамият барқарорлигини таъминлашнинг ижтимоий-ғоявий асослари: Тинчлик ва барқарорлик, миллатлараро тотувлик, ижтимоий ҳамкорлик, динлараро бағрикенглик ғоялари
- Тафаккур ўзгариши ва маънавий янгиланишда миллий ғоянинг роли: Бозор муносабатлари ва инсон тафаккурига таъсири, 'Ўзбек модели'нинг моҳият-мазмуни, комил инсонларни тарбиялаб вояга етказиш маънавий янгиланиш