Mehmonxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari (grand mehmonxonasi misolida)
Ushbu kitob O‘zbekistonda turizm va mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan. Unda mehmonxona xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat sifatini yaxshilash, xalqaro tajribalarni o‘rganish kabi masalalar o‘rin olgan. Kitobda O‘zbekiston turizm sohasidagi qonunlari, prezident farmonlari va hukumat qarorlari ham keltirilgan. Kitobning asosiy maqsadi turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, talabalar va soha mutaxassislariga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.
Asosiy mavzular
- Mehmonxona xo'jaligi xizmatlari samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy asoslari: Ushbu bobda mehmonxona xizmatlarining mohiyati, turlari, o'ziga xos xususiyatlari, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni va ahamiyati, samaradorligini baholash ko'rsatkichlari kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, mehmonxonalarning tasnifi va tipologiyasi, xizmat ko'rsatish standartlari ham yoritilgan.
- Mintaqada mehmonxona xizmatlarining rivojlantirish istiqbollari: Ushbu bobda O'zbekiston Respublikasidagi mehmonxonalarda sayyohlarga xizmat ko'rsatish holati, mintaqadagi mehmonxonalarning rivojlanish istiqbollari, xizmat sifatiga ta'sir etuvchi omillar, Green Grand Garden mehmonxonasida xizmatlar samaradorligini oshirish yo'llari kabi masalalar tahlil qilinadi. SWOT tahlil usuli orqali mehmonxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavflari aniqlanadi.