Ijtimoiy sug`urta
Ushbu o'quv-uslubiy majmua bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va huquqiy asoslarini, ijtimoiy sug'urta tushunchasini, uning mazmun-mohiyati va nazariy asoslarini, ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida sug'urtaning rolini, ijtimoiy ta'minot tizimini, davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibini hamda tadbirkorlarning davlat ijtimoiy sug'urtasiga badallar ajratish tartibini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va huquqiy asoslari: Ushbu mavzu bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va huquqiy asoslarini, ijtimoiy himoya tushunchasi va ijtimoiy himoyaning asosiy yo'nalishlari hamda O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining shakllanishi kabi masalalarni o'rganadi.
- Ijtimoiy sug'urta tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va nazariy asoslari: Mazkur mavzu ijtimoiy sug'urta tushunchasi va dastlabki ijtimoiy sug'urtaning tashkil etilishi, aholini ijtimoiy himoyalashning zamonaviy tizimi shu bilan bir qatorda ijtimoiy sug'urtaning shakllari, ijtimoiy risklar, ularning xususiyati hamda ijtimoiy sug'urtaning tashkil topish tamoyillarini qamrab oladi.
- Ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida sug'urtaning roli: Ushbu mavzuda ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida sug'urtaning roli va davlat ijtimoiy sug'urta tizimi hamda ijtimoiy risklarni boshqarishda xususiy shu bilan bir qatorda davlat va xususiy tashkilotlarning sug'urtani ta'minlashdagi asosiy farqlari o'rganiladi.
- Ijtimoiy ta'minot tizimi: Ijtimoiy ta'minot - aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining quyi bo'g'ini hamda ijtimoiy ta'minot bo'limining asosiy vazifalari va funktsiyalari shu bilan bir qatorda iljtimoiy ta'minot bo'limining huquqlari o'rganiladi.
- Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi: Mazkur mavzuda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha tayinlanadigan nafaqa uni miqdori va ijtimoiy sug'urta bo'yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini aniqlash va hisoblash tartib qoidalari o'rganiladi.
- Tadbirkorlarning davlat ijtimoiy sug'urtasiga badallar ajratish tartibi: Mazkur mavzuda tadbirkor tomonidan sug'urta badallarini to'lash tartibi va sug'urta badallari to'lanishining shaxsiy hisobini olib borish hamda mehnat staji va daromadni hisoblash tartibi o'rganiladi.
- Pensiya sug'urtasi: Ushbu bobda Pensiya sug'urtasi tushunchasi va sug'urtalanuvchilarning yoshi hamda sug'urta muddati shu bilan bir qatorda sug'urta xodisalari va hisobga olinmaydigan sug'urta hodisalari hamda sug'urta summasi, mukofoti, shartnomasi o'rganiladi.