Ўзбекистон: миллий Истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура (1-жилд)

Ushbu kitob O'zbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy yuksalish jarayonlarini, mamlakatning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini yoritadi. Kitobda, O'zbekistonning o'tmishi, bugungi kuni va kelajak strategiyasi, istiqbol rejalari, yangi jamiyat qurish masalalari keng yoritilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning nutqlari, ma'ruzalari, suhbatlari va maqolalaridan tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Istiqlol yо’li: Muammolar va rejalar: O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi yutuqlari, iqtisodiy qiyinchiliklar, mamlakatning kelajak taraqqiyoti yо‘llari, yechilishi zarur bо’lgan muammolar va ularni bartaraf etish rejalari yoritilgan.
  • O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat: Ushbu bо’limda O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy rivojlanish istiqbollari, davlat tuzilishi, adolatli jamiyat qurish, milliy an'analar va qadriyatlarni tiklash kabi masalalar muhokama qilinadi.
  • O‘z yо’limizning shart-sharoiti va zaminlari: O'zbekiston taraqqiyotining о‘ziga xos jihatlari, demografik о‘zgarishlar, milliy xususiyatlar va an’analarga tayanilgan holda jamiyatni isloh qilish va rivojlantirish masalalari kо‘rib chiqiladi.
  • Hamkorlik - iqtisodiy taraqqiyot garovi: Xalqaro hamkorlik O'zbekiston uchun taraqqiyot omili sifatida baholanadi, xorijiy davlatlar bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarurligi ta'kidlanadi. Markaziy Osiyo davlatlari о‘rtasida hamkorlik qilish masalalari о‘rin olgan.
  • Davlat - iqtisodiy о‘zgartirishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi: Iqtisodiy islohotlarning borishi, davlatning boshqaruv vazifalari о‘zgarishi kabi muhim masalalar haqida fikr yuritiladi.
  • Bo’zor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‘tish - iqtisodiy islohotlar yо’lining negizi: Bo’zor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‘tish, uning qonuniyatlari, shuningdek ijtimoiy muammolar haqida sо‘z yuritilgan.