Soliqlar va soliqqa tortish
Ushbu kitob soliqlar va soliqqa tortishning turli jihatlarini, O'zbekiston soliq tizimini, yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartiblarini, ijtimoiy jamg'armalarga majburiy to'lovlarni va soliq solishning soddalashtirilgan tartibini o'rganishga bag'ishlangan. Kitob soliq sohasida bilim olishni istagan talabalar, buxgalterlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Soliqlar to'g'risida tushuncha va soliqqa tortish ahamiyati hamda zarurligi: Soliqlar va soliqqa tortish fanining zarurligi, uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi, soliqlar va soliqqa tortish fanining predmeti va funktsiyalari, soliqlar va soliqqa tortish fanining mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi roli.
- Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tizimi: O'zbekiston Respublikasi soliqqa tortish tizimida amalda bo'lgan soliqli va soliqsiz to'lovlar, yuridik shaxslarning soliqli va soliqsiz to'lovlari, soliqqa tortish maqsadida yuridik shaxs tushunchasi, hisoblangan soliqlar uchun javobgarlik.
- Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimi: Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i va er solig'i, soliq to'lovchilar, soliq ob'yekti va bazasi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, soliq to'lovchilar, soliq ob'yekti va bazasi.
- Davlat va mahalliy soliqlar hamda yig'imlar: Soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan to'lovlarga umumiy tavsifnoma, umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda boshqa majburiy to'lovlar, soliqlarning guruhlanishi, soliq tizimining huquqiy asoslari.
- Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi: Soddalashtirilgan soliq tizimi xakida tushuncha, yagona soliqning soliq tizimiga tatbik etilishi, yagona soliq to'lovchilarining tarkibi va uning ob'yekti, yagona soliqning stavkalari, soliqni hisoblash muddatlari.
- Ijtimoiy jamg'armalarga majburiy to'lovlar: YAgona ijtimoiyi to'lov va Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari, byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiyi ajratma, respublika yio'l jamg'armasi, maktab ta'limini rivojlantirish jamg'armasi.