Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi.

Ushbu kitob biologik faol va dorivor moddalarning biotexnologiyasi, sanoat miqyosida ishlab chiqarish va ularning istiqbollari haqida ma'lumot beradi. Kitobda biofaol moddalarning tarkibi, xususiyatlari, tasnifi, aminokislotalar biosintezi texnologiyasi, antibiotiklar, bakterial dorilar, fermentlar va organik moddalarning mikrobiologik transformatsiyasi kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, kitob zamonaviy biotexnologiya faniga oid bilimlarini chuqurlashtirishni xoxlovchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo`ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Biofaol moddalar, ularning tasniflanishi, sanoat miqyosida olinishi va ishlab chiqarish istiqbollari: Biofaol moddalarning ta'rifi, tuzilishi, xossalari va tasniflanishi. Biotexnologiyaning rivojlanish tarixi va biofaol moddalarni ishlab chiqarishning istiqbollari.
  • Aminokislotalar biosintezi texnologiyasi: Aminokislotalarning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi, kimyoviy sintez asosida ajratib olish, oqsil gidrolizatlardan ajratib olish va mikrobiologik uslubda sintezlash texnologiyalari.
  • Aminokislotalarni mikroorganizmlar hujayralari yordamida biosintezlash: Mikroorganizmlar hujayralarida aminokislotalar biosintezi, oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalarni ajratib olish.
  • L-aminokislotalarni mikrobiologik uslubda sintezlash va sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasi: L-aminokislotalarni mikrobiologik sintezi haqida tushunchalar, L-lizinni ajratib olish va yem-oziqa mahsuloti tayyorlash texnologiyasi.
  • L-glutamin kislota, L-triptofanni mikrobiologik uslubda sintezlash va sanoat miqyosida ishlab chiqarish: L-glutamin kislotani mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish texnologiyasi, L-triptofanni mikrobiologik uslubda sintezlash va ajratib olish texnologiyasi.
  • Qishloq xo'jaligi uchun antibiotik moddalarni biosintezlash texnologiyasi: Qishloq xo`jalik uchun antibiotik moddalarni sintezlash bo`yicha umumiy tushunchalar, Tetrasiklinni ajratib olish texnologiyasi, Basitratsin preparatini ajratib olish texnologiyasi, Grizinni ajratib olish texnologiyasi, Gigromitsin B preparatini ajratib olish texnologiyasi, Fitobakteriomitsinni ajratib olish texnologiyasi.
  • Qishloq xo'jaligi uchun bakterial dori-darmonlarni ajratib olish texnologiyasi: Entomopatogen dori-darmonlar haqida umumiy tushunchalar, Bakterial entomopatogen preparatlarni ajratib olish texnologiyasi, Entomopatogen bakteriyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish, Entomopatogen preparatlarni zamburug`lardan ajratib olish texnologiyasi, Boverin preparatini ajratib olish texnologiyasi, Entomopatogen preparatlarni viruslar yordamida ajratib olish texnologiyasi, Bakterial o`g`itlar ishlab chiqarish texnologiyasi.
  • Fermentlarni mikrobiologik sintez yo`li bilan ajratib olish: Fermentlarning umumiy tavsifi, Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar, Ferment produsentlarini o`stirish.
  • Organik moddalarni mikrobiologik transformatsiyalash va ularni qaytarilishini biotexnologik uslublari: Mikrobiologik transformatsiya haqida umumiy tushunchalar. Steroidlarni mikrobiologik transformatsiyasi, Karbonsuvlarni mikrobiologik transformatsiyasi, Geterosiklik birikmalarni mikrobiologik transformatsiyasi.