Jazoni yengilrog`i bilan almashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi jazoni yengilrog`i bilan almashtirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga bag`ishlangan. Unda jazoni yengilrog`i bilan almashtirish instituti, uning asoslari, shartlari, qonunchilikdagi o`rni va xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutiga umumiy tavsif: Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tushunchasi, jazodan ozod qilishning bir turi sifatidagi oʻrni va Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutining tarixiy rivojlanishi jarayoni ko`rib chiqiladi.
- Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish asoslari va uning oʻziga xos xususiyatlari: Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutini qoʻllash asoslari, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutini qo'llash tartibi va uning jazodan ozod qilishning boshqa turlaridan farq qiluvchi oʻziga xos xususiyatlari o`rganiladi.
- Jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutining yanada takomillashtirish masalalari: Xorijiy davlatlarning jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish instituti borasidagi tajribasi, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish institutining davlating jinoyat huquqiy siyosatni amalga oshirishdagi ahamiyati va uni samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi.