Amaliy mexanika
Ushbu o'quv qo'llanma «Amaliy mexanika» fanining «Materiallar qarshiligi» bo'limidan hisob-chizma ishlarini bajarishni o'z ichiga oladi va texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada nazariy ma'lumotlar, masalalarni yechish metodlari keltirilgan, mustaqil bajariladigan ishlar uchun aniq misollar berilgan. Material sodda tushunarli tilda yozilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Asosiy tushunchalar. Statikaning asosiy aksiomalari. Bog'lanish reaksiyasi kuchlari: Statika fani, moddiy nuqta, mexanik sistema, mutlaq qattiq jism, erkin va erkin bo'lmagan jism, kuch, kuchlar sistemasi, ekvivalent kuchlar, teng ta'sir etuvchi kuch, muvozanat, bog'lanishlar, sharnir kabi asosiy tushunchalar va ta'riflar keltirilgan. Shuningdek, statikaning asosiy aksiomalari va bog'lanish reaksiyasi kuchlari ko'rib chiqiladi.
- Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasi. Juft kuch va uning momenti: Kesishuvchi kuchlar sistemasi, ularning geometrik usulda teng ta'sir etuvchisini aniqlash, kuchni tashkil etuvchilarga ajratish usullari, kuchning o'qdagi proyeksiyasi, analitik usulda teng ta'sir etuvchini aniqlash, muvozanat shartlari va juft kuch momenti haqida ma'lumot beriladi.
- Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi va uning muvozanati. Bosh vektor va bosh moment: Kuchning nuqtaga nisbatan momenti, tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchning nuqtaga nisbatan momenti vektori, kuchni o'ziga parallel ixtiyoriy nuqtaga ko'chirishga oid teorema, bosh vektor va bosh moment, tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasini bir markazga keltirish, muvozanat shartlari ko'rib chiqiladi.
- Nuqta kinematikasi. Qattiq jism harakatining berilish usullari. Tezlik va tezlanishlarni aniqlash: Nazariy mexanikaning kinematika bo'limi, nuqta harakatini aniqlash usullari (vektorli, koordinata, tabiiy), nuqta tezligi va tezlanishi (harakat qonuni vektor usulda berilganda va koordinata hamda tabiiy usullarda berilganda) batafsil yoritiladi.
- Qattiq jismning ilgarilanma va qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati: Qattiq jismning ilgarilanma harakati, uning xossalari, qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati, aylanish burchagi, burchak tezligi va tezlanishi, aylanma harakatdagi jism nuqtasining tezligi va tezlanishi haqida ma'lumotlar beriladi.
- Dinamikaning asosiy tushunchalari va qonunlari: Dinamikaning asosiy masalasi, dinamikaning asosiy tushunchalari (massa, moddiy nuqta), Nyuton qonunlari, erkin nuqtaning harakat differensial tenglamalari (Dekart koordinatalarida, tabiiy o'qlarda) va dinamikaning asosiy masalalari tahlil qilinadi.
- Konstruksiya elementlari va ularning tuzilmalari. Yuklanishlar. Deformastiya va uning turlari. Kuchlanishlar: Konstruksiya elementlari va ularning turlari, yuklanish turlari (statik va dinamik), deformatsiya va uning turlari (elastik va plastik), kuchlanish (normal, tangential va to'la) kabi masalalar yoritilgan.
- Cho'zilish va siqilish deformastiyasi. Guk qonuni. Puasson koeffistenti: Prizmatik sterjenning cho'zilish va siqilish deformastiyasi, kuchlanish, sterjen materialining xususiyatlari, mustahkamlik sharti, Guk qonuni, Puasson koeffistienti haqida ma'lumot berilgan.
- Murakkab kuchlanish xolati. Mustahkamlik nazariyalari: Kuchlanish holatlari (chiziqli, tekis, fazoviy), mustahkamlik nazariyalari (birinchi, ikkinchi va uchinchi) va ularning qo'llanilishi ko'rib chiqiladi.
- Siljish. Sof siljishdagi Guk qonuni: Siljish deformastiyasi, nisbiy siljish, kesim yuzasidagi kuchlanish, ularning bog'lanishi, siljishdagi Guk qonuni batafsil tahlil qilinadi.
- Tekis kesim yuzalarining geometrik xarakteristikalari: Tekis kesim yuzalarining statik momentlari, inersiya momentlari (polyar inersiya momenti hamda markazdan qochiruvchi inersiya momenti), o'qlarga nisbatan parallel ko'chirilganda inersiya momentlarining o'zgarishi ko'rib chiqiladi.
- Buralish. Asosiy tushunchalar. Burovchi moment. Valni buralishdagi mustahkamlik sharti: Buralish deformatsiyasi, burovchi moment, kesim yuzasida kuchlanishning taqsimlanishi, valni buralishdagi mustahkamlik sharti, polyar inersiya momenti va qarshilik momenti haqida ma'lumotlar beriladi.
- Egilish. Egilishda ichki zo'riqish kuchlari. Differensial bog'lanishlar: Egilish deformatsiyasi, tayanchlarning turlari va reaksiyalari, kesimdagi eguvchi moment va kesuvchi kuch, ularning aniqlanish usullari, mustahkamlik sharti haqida tushunchalar beriladi.
- Murakkab qarshilik. Asosiy tushunchalar. Cho'zilish bilan egilish va buralish bilan egilishning birgalikdagi ta'siri: Murakkab qarshilik holatlarining yuzaga kelish sabablari, mustahkamlikka hisoblash usullari va tekshiruv nazariyalari keltirilgan.
- Ustuvorlik. Kritik kuch. Eyler formulasi: Ustuvorlik tushunchasi, tanqis kuch, Eyler formulasi (sterjen uchun) tushuntiriladi.
- O'zgaruvchan kuchlanish holatida bo'lgan materiallarni mustaxkamligini tekshirish: O'zgaruvchan kuchlanishlar, ularning turlari, toliqish hodisasi, chidamlilik chegarasi haqida ma'lumot berilib, bunday sharoitlarda materiallarning mustahkamligini tekshirish usullari bayon etiladi.