Микромакроиқтисодиёт фанидан ўқув-услубий мажмуа

Ushbu kitob mikroiqtisodiyotga oid o'quv-uslubiy majmua bo'lib, unda mikroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari, bozor mexanizmlari, talab va taklif, ishlab chiqarish, xarajatlar, raqobat, monopoliya va boshqa muhim mavzular batafsil yoritilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "AKT sohasida iqtisodiyot va menejment" fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari: Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari, o'rganish usullari, iqtisodiyotda cheklangan resurslarni taqsimlash muammolari va bozorning vazifalari.
  • Iqtisodiy bazis tushunchalar: Iqtisodiy ehtiyoj, iqtisodiy ne'matlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish.
  • Talab va taklif tahlili asoslari: Talab, uning manbalari va ta'sir qiluvchi omillari, talab qonuni va funksiyasi, taklif va unga ta'sir qiluvchi omillar, taklif qonuni va funksiyasi.
  • Bozor muvozanati, maksimal va minimal narxlar: Bozorning statik va dinamik modellari, tovarning maksimal va minimal bahosi.
  • Talab va taklif elastikligi: Talab elastikligi, kesishgan talab elastikligi, taklif elastikligi, bozor sharoiti o'zgarishlarining oqibatlarini baholash va prognoz qilish, talabning narx bo'yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish.
  • Iste'molchi tanlovi nazariyasi: Individual talab, iste'molchining muvozanatlik sharti, daromad samarasi va almashtirish samarasi, bozor talabi.
  • Bozor va tavakkalchilik: Noaniqlik sharoitida tanlash, tavakkalchilikka bo'lgan munosabat, tavakkalchilikni pasaytirish, investitsiya va tavakkalchilik.
  • Firma va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari: Tadbirkorlik shakllari, firmalarda xarajatlar, ishlab chiqarish va foyda.
  • Ishlab chiqarish nazariyasi: Ishlab chiqarish funktsiyasi, qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish, masshtab samarasi.
  • Ishlab chiqarish xarajatlari: Firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, qisqa va uzoq muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari, izokosta va izokvanta.
  • Raqobatlashgan bozorda ishlab chiqarish hajmini aniqlash va firma foydasini maksimallashtirish: Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda raqobatlashgan firmaning taklifi, muvozanati.
  • Raqobatlashmagan bozor turlari: So‘f monopoliya, monopol hokimiyat va uning ko‘rsatkichlari, monopol narx va jamiyat farovonligi, monopol narxga soliqning ta'siri.
  • Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish: Mehnat resurslariga bo’lgan talab, taklif, iste’mol hajmniga ko‘ra baho belgilash.