Iqtisodchilar uchun matematika
Ushbu kitobda "Oliy matematika" fani bo'yicha ma'lumotlar berilgan. Asosan, chiziqli algebra, determinantlar, funksiyalar, limitlar, hosilalar, integrallar, qatorlar nazariyasi va differensial tenglamalar kabi mavzularga to'xtalib o'tilgan. Iqtisodiyotdagi tadbiqlar bilan bog'liq misollar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Chiziqli algebra: Matritsalar, matritsalar ustida amallar, determinantlar, chiziqli tenglamalar sistemasi, matrisaviy usulda yechish, Kramer qoidasi, Gauss usuli, bir jinsli chiziqli tenglamalar sistemasi va boshqalar ko'rib chiqilgan.
- Differensial hisob: Funksiya hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma'nolari, hosila hisoblash qoidalari, yuqori tartibli hosilalar, differensial, ekstremum topish qoidalari va boshqalar.
- Integral hisob: Aniqmas integral, aniq integralni integrallash usullari, aniqmas integrallar jadvali, bo'laklab integrallash, egri chiziqli trapetsiyaning yuzi, aylanish jismlarining hajmlarini hisoblash va boshqalar.
- Qatorlar nazariyasi: Sonli qatorlar, yaqinlashishning zaruriy sharti, taqqoslash alomati, Dalamber alomati, Koshi alomati, Leybnits qatori, shartli va absolyut yaqinlashish, funksional qatorlar, darajali qatorlar, Abel teoremasi, yaqinlashish radiusi va sohasi va boshqa mavzular.
- Differensial tenglamalar nazariyasi: Differensial tenglama haqida umumiy tushunchalar, o'zgaruvchisi ajraladigan differensial tenglamalar, bir jinsli tenglamalar, chiziqli tenglamalar, Bernulli tenglamasi, Rikatti tenglamasi, to'la differensial tenglamalar va boshqa ko'plab mavzular yoritilgan.