Informatika va axborot texnologiyalari

Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari va informatika hamda kompyuter grafikasi bo‘yicha mustaqil bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma kompyuter grafikasi sohasidagi yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirishga va amaliy vazifalarni o‘rganishga yordam beradi. Unda Microsoft Word matn muharriri bilan ishlash, matn va grafik obyektlarni yaratish va tahrirlash, diagrammalar va shakllar bilan ishlash, shuningdek, makroslar yaratish kabi mavzular batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Microsoft Word matn muharririga kirish: MS Word matn muharriri interfeysi, asosiy elementlari va funksiyalari bilan tanishish. Dasturni ishga tushirish va undan chiqish usullari, ishchi oyna elementlariga ta'rif berilgan.
  • Matnni formatlash: Shrift, o'lcham, rang, uslub va boshqa formatlash parametrlarini sozlash, abzatslarni tekislash, ro'yxatlar yaratish, chekinishlar va intervallarni o'rnatish.
  • Grafik obyektlar bilan ishlash: Rasmlar, kliplar, shakllar, diagrammalar va SmartArt obyektlarini qo'shish, ularni tahrirlash va formatlash, matn bilan bog'lash.
  • Jadvallar bilan ishlash: Jadval yaratish, ustun va satrlarni qo'shish/o'chirish, katakchalarni birlashtirish, jadvallarni formatlash.
  • Makroslar yaratish: Makroslar yaratish va ulardan foydalanish asoslari, makroslarni ishga tushirish va tahrirlash.
  • Sahifalash: Titul sahifasini yaratish va ko`rinishlarini tanlash, sahifalarni tartibga solish (pastki va yuqori qismlarga so`z yozish).