Менеджмент информационных систем

Ushbu kitobda axborot tizimlari, ularning tashkilotlardagi roli, kiberkorporatsiyalar, tashkilot va uning muhiti, menejerlarning roli, axborot tizimlari va tashkilot o'rtasidagi o'zaro aloqalar, axborot tizimlarining tarkibiy qismlari, axborot texnologiyalari, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya vositalari, axborot tizimlarining klassifikatsiyasi, tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlari, boshqaruv axborot tizimlari, moliyaviy axborot tizimlari, marketing axborot tizimlari, ishlab chiqarishni boshqarish axborot tizimlari, kadrlar axborot tizimlari, intellektual tizimlar, qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimlari, jamoaviy qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimlari, axborot xavfsizligi va nazorati, tashkilotdagi axborot oqimlari, Internet va axborot texnologiyalari infratuzilmasi, yangi tashkiliy kompaniyalar shakllari, integratsiyalashgan boshqaruv tizimlari, korporativ axborot tizimlari, strategik axborot tizimlari, elektron tijorat va elektron biznes kabi masalalar ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Axborot tizimlarining roli va vazifalari: Tashkilotlardagi axborot tizimlarining roli, axborot tizimi sotsiotexnik sistema sifatida.
  • Kiberkorporatsiya tushunchasi: Kiberkorporatsiyaning tashkiliy tuzilishi, elektron tijorat va elektron biznes, tashkilot oldida turgan muammolarni hal qilishda axborot tizimlarining roli.
  • Tashkilot va uning muhiti: Sistema asosiy tushunchalari, tizimlarning tasnifi, tashkilot sistema sifatida: kirish, jarayon, chiqish, gomeostaz tushunchasi, tashkilotning asosiy elementlari.
  • Axborot texnologiyalari: Axborot texnologiyalarining asosiy turlari, axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari, texnik vositalar va ularning rivojlanish tendentsiyalari.
  • Strategik axborot tizimlari: Strategik axborot tizimi tushunchasi, qiymatni baholash modeli, ta'minot va yetkazib berishni strategik boshqarish, korxonada strategik qarorlarni qo'llab-quvvatlash.