Криминология
Ushbu kitob kriminalogiya fanining asosiy tushunchalari, metodologiyasi, jinoyatchilikning ijtimoiy mohiyati va sabablari, shuningdek, jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlari va jinoyat profilaktikasi usullari haqida ma'lumot beradi. Kitobda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktika faoliyatini tashkil etishning tahlili ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Kriminologiya fanining predmeti va metodlari: Kriminologiya fanining asosiy tushunchalari, tadqiqot metodlari va fan tarixiy rivojlanishi. Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni va jamiyat taraqqiyotiga ta'siri.
- Jinoyatchilikning kriminologik tavsifi: Jinoyatchilikning miqdori, sifati, dinamikasi, turlari, tarkibi va tendensiyalari. Laten jinoyatchilik muammosi.
- Jinoyatchilikning sabablari: Jinoyatchilikning sabablari, shart-sharoitlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar. Iqtisodiy islohotlarning jinoyatchilikka ta'siri.
- Jinoyatchi shaxsi: Jinoyatchi shaxsi tushunchasi, kriminologik tavsifi, ijtimoiy va biologik omillar.
- Alohida olingan jinoyatlarning sabab va sharoitlari: Alohida turdagi jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlari. Qotillik, talonchilik, bosqinchilik, tekinxo'rlik va boshqa jinoyatlar.
- Kriminologik tadqiqotlarning tashkiliy asoslari va metodlari: Kriminologik tadqiqotlarni tashkil etish, tadqiqot metodlari, axborot to'plash va tahlil qilish.
- Kriminologiyada ilmiy bashorat (prognoz): Kriminologik bashorat qilish, bashorat turlari, bashorat usullari.
- Jazoni ijro etish muassasalarida sodir etiladigan jinoyatlar: Jazoni ijro etish muassasalarida jinoyatchilikning krimenologik taxlili va sodir etilishi bilan bog'liq shart-sharoitlar.
- Harbiy xizmatchilar sodir etadigan jinoyatlar: Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning turli ko'rinishlari va ular kelib chiqishiga sabab bo'luvchi omillar.
- Terrorizm: Terrorizmga qarshi kurash bo'yicha umimiy ma'lumotlar.
- Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlar: Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlar.
- Uyushgan jinoyatchilik: Uyushgan jinoyatchilikning kelib chiqishiga sabab bo'lgan qator omillar.